Kim Chen In Rossiyaga keldi – video

Obuna bo‘lish
Avvalroq Kreml KXDR raisi Kim Chen In yaqin kunlarda rasmiy tashrif bilan Rossiyaga kelishini ma’lum qilgan edi.
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In rasmiy tashrif bilan Rossiyaga keldi. Uni Rossiya tabiat vazirligi rahbari Aleksandr Kozlov Primorye o‘lkasidagi Xasan stansiyasida qarshi oldi.
“Tumannaya darosi orqali ko‘prik. Rossiyaga rasmiy tashrif bilan kelgan Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inni qarshi oldim”, - deb yozdi Kozlov o‘zining Telegram-kanalida.
Avvalroq Kreml KXDR raisi Kim Chen In yaqin kunlarda rasmiy tashrif bilan Rossiyaga kelishini ma’lum qilgan edi. Kimning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi Uzoq Sharqda bo‘lib o‘tadi.
Ikki davlat rahbarlari boshchiligidagi delegatsiyalar o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Bundan tashqari, yakkama-yakka muloqot, shuningdek, Kim Chen In sharafiga Putin nomidan rasmiy kechki ziyofat berilishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0