Kim Chen In Rossiya g‘alabasi uchun qadah ko‘tardi – video

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishVladimir Putin va Kim Chen In
Vladimir Putin va Kim Chen In - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2023
Obuna bo‘lish
KXDR yetakchisi Rossiya prezidenti bilan barqaror davlatlararo munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga tayyorligini bildirdi.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In tantanali qabul marosimida Rossiya g‘alabasi, uning prezidenti Vladimir Putin sog‘lig‘i va Rossiya-Koreya munosabatlarini mustahkamlash uchun qadah ko‘tardi.
“Muhtaram Rossiya Federatsiyasi prezidenti o‘rtoq Vladimir Vladimirovich Putin sog‘lig‘i uchun, buyuk Rossiyaning yangi g‘alabasi uchun, Rossiya-Koreya do‘stligining to‘xtovsiz rivojlanishi va mustahkamlanishi, bu yerdagi barcha o‘rtoqlar sog‘lig‘i uchun qadah ko‘tarishni taklif qilaman”, - dedi Kim Chen In.
KXDR yetakchisi Rossiya prezidenti bilan barqaror davlatlararo munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga tayyorligini bildirdi.
Rossiya va Shimoliy Koreya yetakchisi muzokaralari Amur viloyatidagi “Vostochniy” (“Sharqiy”) kosmodromida bo‘lib o‘tdi. Avvaliga ular delegatsiyalar ishtirokida muloqot qilishdi, keyin yakkama-yakka muzokaralar o‘tkazishdi.
Eslatib o‘tamiz, Kim Chen In Putinning taklifi bilan Rossiyaga tashrif buyurdi.
Vladimir Putin va Kim Chen In uchrashuvi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2023
Kim Chen In: imperializmga qarshi kurashishda hamisha Rossiya bilan birga bo‘lamiz
Yangiliklar lentasi
0