Kim Chen In: imperializmga qarshi kurashishda hamisha Rossiya bilan birga bo‘lamiz

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishVladimir Putin va Kim Chen In uchrashuvi
Vladimir Putin va Kim Chen In uchrashuvi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2023
Obuna bo‘lish
KXDR yetakchisi Moskva bilan munosabatlarni rivojlantirish Pxenyan uchun hozir ustuvor vazifa ekani qayd etdi.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda mamlakat imperializmga qarshi kurashishda hamisha Rossiya bilan birga bo‘lishiga umid bildirdi.
“Umid qilamanki, biz imperilizmga qarshi kurashda va suveren davlat barpo etish uchun hamisha birga bo‘lamiz”, - dedi Kim Chen In.
KXDR yetakchisi Moskva bilan munosabatlarni rivojlantirish Pxenyan uchun hozir ustuvor vazifa ekani va prezident Vladimir Putin bilan uchrashuv ularni yangi darajaga olib chiqishi zarurligini ta’kidladi.
“Hozir bizning mamlakatimiz uchun ustuvor vazifa Rossiya Federatsiya bilan munosabatlar”, - dedi u.
Shimoliy Koreya Rossiya o‘z suvereniteti va xavfsizligi uchun muqaddas kurash uchun bel bog‘lagan deb hisoblaydi va Rossiya prezidentining barcha qarorlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Kim Chen In Putinning taklifi bilan Rossiyaga tashrif buyurdi. Yetakchilar “Sharqiy” kosmodromida uchrashishdi va suhbatlashishdi.
Yangiliklar lentasi
0