https://oz.sputniknews.uz/20230912/ukraina-qarshi-hujumi-38830225.html
Ukrainaning qarshi hujumi boshi berk ko‘chaga kirib qoldi — avstriyalik polkovnik
Ukrainaning qarshi hujumi boshi berk ko‘chaga kirib qoldi — avstriyalik polkovnik
Sputnik O‘zbekiston
Ekspertning ta’kidlashicha, “yomg‘irli mavsumning boshlanishi va tuproq yuvilib ketishi tufayli vaqt omili Ukraina uchun noqulay vaziyatga aylanmoqda”. 12.09.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-09-12T17:11+0500
2023-09-12T17:11+0500
2023-09-12T17:11+0500
rossiya
ukraina
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/1b/36350368_0:299:3072:2027_1920x0_80_0_0_a5a13b09ef6d356b9ba9e32bcdfaee29.jpg
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlarining (UQK) qarshi hujumi to‘xtab qoldi, Ukraina tomoni faqat askarlarning ruhiyatini saqlab qolish uchun bu haqiqatning aksini aytmoqda. Bu fikrni avstriyalik polkovnik va harbiy tahlilchi Markus Raysner Germaniyaning “n-tv” telekanaliga bergan intervyusida bildirdi.“Hamma narsa Ukraina hujumi to‘xtab qolganidan dalolat bermoqda”, — dedi Raysner. U AQSh Qurolli kuchlari (QK) shtab boshliqlari qo‘mitasi (ShBQ) raisi Mark Millining Ukrainaning joriy qarshi hujumda natija ko‘rsatishiga atigi 30-45 kun qolgani haqidagi bayonotlarini eslatib o‘tdi. Shu nuqtayi nazardan, ekspertning ta’kidlashicha, “yomg‘irli mavsum boshlanishi va tuproq yuvilib ketishi tufayli vaqt omili Ukraina uchun noqulay vaziyatga aylanmoqda”.Raysnerning tushuntirishicha, Ukraina tomoni va Vashington urushni o‘rganish instituti ISW (Institute for the Study of War) ekspertlarining ukrainaliklar olg‘a intilayotgani haqidagi so‘nggi bayonotlari asosan “askarlarning ruhiy holatini saqlab qolish”ga qaratilgan. “Agar jang maydonidan olingan fotosuratlarga qaralsa, o‘tgan haftaga nisbatan sezilarli ijobiy o‘zgarishlarni topib bo‘lmaydi”, — dedi harbiy. U, shuningdek, taxminan o‘n kun oldin harbiy mudofaa chizig‘idagi muvaffaqiyatlar “davomiy bo‘lmagani”, ya’ni Ukraina qo‘shinlari, avvalgidek, Rossiya mudofaasining birinchi va ikkinchi qatorlari orasida ekanligini qo‘shimcha qildi.Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilinishicha, Ukraina armiyasi 4-iyundan beri muvaffaqiyatsiz hujum urinishlarini amalga oshirmoqda. 12-sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin UQK shu vaqt ichida 71,5 ming harbiy xizmatchi, 543 tank va deyarli 18 ming turli toifadagi zirhli texnikani yo‘qotganini ma’lum qildi. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning qarshi hujumidan hech qanday natija yo‘q.
https://oz.sputniknews.uz/20230819/ukraina-rossiya-mudofaa-qarshi-hujum-38026492.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/1b/36350368_251:108:2838:2048_1920x0_80_0_0_94f23af689056b85d24170e1b62c3143.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, ukraina, dunyoda
rossiya, ukraina, dunyoda
Ukrainaning qarshi hujumi boshi berk ko‘chaga kirib qoldi — avstriyalik polkovnik
Ekspertning ta’kidlashicha, “yomg‘irli mavsumning boshlanishi va tuproq yuvilib ketishi tufayli vaqt omili Ukraina uchun noqulay vaziyatga aylanmoqda”.
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlarining (UQK) qarshi hujumi to‘xtab qoldi, Ukraina tomoni faqat askarlarning ruhiyatini saqlab qolish uchun bu haqiqatning aksini aytmoqda. Bu fikrni avstriyalik polkovnik va harbiy tahlilchi Markus Raysner Germaniyaning “n-tv” telekanaliga bergan intervyusida bildirdi.
“Hamma narsa Ukraina hujumi to‘xtab qolganidan dalolat bermoqda”, — dedi Raysner. U AQSh Qurolli kuchlari (QK) shtab boshliqlari qo‘mitasi (ShBQ) raisi Mark Millining Ukrainaning joriy qarshi hujumda natija ko‘rsatishiga atigi 30-45 kun qolgani haqidagi bayonotlarini eslatib o‘tdi.
Shu nuqtayi nazardan, ekspertning ta’kidlashicha, “yomg‘irli mavsum boshlanishi va tuproq yuvilib ketishi tufayli vaqt omili Ukraina uchun noqulay vaziyatga aylanmoqda”.
Raysnerning tushuntirishicha, Ukraina tomoni va Vashington urushni o‘rganish instituti ISW (Institute for the Study of War) ekspertlarining ukrainaliklar olg‘a intilayotgani haqidagi so‘nggi bayonotlari asosan “askarlarning ruhiy holatini saqlab qolish”ga qaratilgan.
“Agar jang maydonidan olingan fotosuratlarga qaralsa, o‘tgan haftaga nisbatan sezilarli ijobiy o‘zgarishlarni topib bo‘lmaydi”, — dedi harbiy. U, shuningdek, taxminan o‘n kun oldin harbiy mudofaa chizig‘idagi muvaffaqiyatlar “davomiy bo‘lmagani”, ya’ni Ukraina qo‘shinlari, avvalgidek, Rossiya mudofaasining birinchi va ikkinchi qatorlari orasida ekanligini qo‘shimcha qildi.
Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilinishicha, Ukraina armiyasi 4-iyundan beri muvaffaqiyatsiz hujum urinishlarini amalga oshirmoqda. 12-sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin UQK shu vaqt ichida 71,5 ming harbiy xizmatchi, 543 tank va deyarli 18 ming turli toifadagi zirhli texnikani yo‘qotganini ma’lum qildi. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning qarshi hujumidan hech qanday natija yo‘q.