Ukraina Rossiyaning mudofaa chizig‘ini yorib o‘tolmagani uchun qarshi hujum to‘xtab qoldi — OAV

© Sputnik / Viktor Antonyuk / Mediabankka o‘tishRabota ekipaja 2S3 "Akatsiya" v xode spetsoperatsii na Ukraine.
Rabota ekipaja 2S3 Akatsiya v xode spetsoperatsii na Ukraine. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2023
Obuna bo‘lish
Asia Times: Ukraina qurolli kuchlari Rossiyaning kuchli mudofaa chizig‘ini buzib o‘tishga qodir emas.
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Ukraina qurolli kuchlari Rossiyaning yaxshi tayyorlangan mudofaa chizig‘ini yorib o‘tolmagani uchun qarshi hujum to‘xtab qoldi. Bu haqda Asia Times nashri shahrlovchisi Daniel Uilyams ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Ukraina Qurolli Kuchlari muvaffaqiyati yo‘qligining asosiy sababi rus qo‘shinlari tomonidan sharq va janubdagi front qo‘ygan kuchli va keng mina maydonlari edi”, dedi u.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, ukrainaliklar oktabr oyi oxirida qish boshlanishidan oldin muhim g‘alabalarni qo‘lga kiritishni xohlashdi, biroq Rossiya qo‘mondonligining taktikasi tufayli bu endi imkonsizdek ko‘rinadi.
Oldingi safdagi askarlar hujumni daraxtdan daraxtga o‘tish sifatida tasvirlaydi, deya qo‘shimcha qildi u.
Shu bilan birga, u Ukraina qo‘shinlarining taktik kamchiliklari murakkab hujumlarni amalga oshirish imkoniyatini cheklashini ham qo‘shimcha qildi. Natijada Ukraina endi qarshi hujumda muvaffaqiyatga erisha olmaydi, deya xulosa qildi u.
Yangiliklar lentasi
0