Bugun Toshkentning ayrim markaziy ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Lampochka. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2023
Obuna bo‘lish
Yakkasaroy va Mirobod tumanlaridagi ayrim ko‘chalarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Bugun Yakkasaroy va Mirobod tumanlaridagi ayrim ko‘chalarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali xabar berdi.
Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida poytaxtning ayrim tumanlaridagi MFYlarning qator ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
Yakkasaroy tumani: "Damariq" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 15:00 gacha;
Mirobod tumani: "Oybek" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 16:00 gacha.
O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0