O‘zbekistonlik rejissorning filmi Qozondagi xalqaro festivalda g‘olib bo‘ldi

© IA "Dunyo"O‘zbekistonlik rejissorning filmi Qozondagi xalqaro festivalda g‘olib bo‘ldi
O‘zbekistonlik rejissorning filmi Qozondagi xalqaro festivalda g‘olib bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2023
Obuna bo‘lish
Joriy yilning 5-9 sentabr kunlari Qozon shahrida 19-Musulmon kinosi xalqaro festivali bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. O‘zbekistonlik rejissor Xusnora Ro‘zmatova tomonidan suratga olingan "Baxtsiz kuyov" badiiy filmi Rossiyaning Qozon shahrida o‘tkazilgan xalqaro festivalning "Kinodagi gumanizm uchun" nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.
Joriy yilning 5-9 sentabr kunlari Qozon shahrida 19-Musulmon kinosi xalqaro festivali bo‘lib o‘tdi.
Festival g‘oliblarini taqdirlash marosimida Tatariston Vazirlar Mahkamasi, Rossiya Muftiylar kengashi va musulmonlari diniy boshqarmasi mutasaddilari ishtirok etdi.
Xalqaro festival doirasida musulmon dunyosining 44 davlati kino ustalari tomonidan suratga olingan 700 dan ortiq filmlar ko‘rib chiqildi. Yakunda tanlov dasturiga 20 ta film kiritildi va ular Gran-pri uchun kurash olib bordi.
Eng yaxshi kinoasarlar qatorida o‘zbekistonlik taniqli rejissor Xusnora Ro‘zmatovaning "Baxtsiz kuyov" badiiy filmi ham tanlovda namoyish etildi. Yakunda o‘zbek kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan ushbu kartina "Kinodagi gumanizm uchun" nominatsiyasida g‘olib deb e’lon qilindi.
Film rejissori Xusnora Ro‘zmatova tashkiliy qo‘mita tomonidan diplom va pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Tadbir so‘nggida 20-Musulmon kinosi xalqaro festivali 2024-yilning 7-9 sentabr kunlari o‘tkazilishi ma’lum qilindi.
Yangiliklar lentasi
0