Bugun Toshkentning ayrim ko‘chalarida "svet" bo‘lmaydi

© AO "Regionalnie elektricheskie seti"Toshkent shahrida elektr ta’minoti o‘chirilishi.
Toshkent shahrida elektr ta’minoti o‘chirilishi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2023
Obuna bo‘lish
Poytaxtning Yakkasaroy va Chilonzor tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Bugun Toshkentning Yakkasaroy va Chilonzor tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali xabar berdi.
Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida poytaxtning ayrim tumanlaridagi MFYlarning qator ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
Yakkasaraoy tumani: "To‘qimachi" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 14:00 gacha;
Chilonzor tumani: "Guliston" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0