O‘zbekistonlik hakamlar Ronaldu jamoasi ishtirokidagi OChL bahsini boshqaradi

© O‘zbekiston Futbol AssotsiatsiyasiUzbekskie futbolnie sudi
Uzbekskie futbolnie sudi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2023
Obuna bo‘lish
Ilk bor OChL bahsida o‘zbek referisi VARda ishlaydi.
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. O‘zbekistonlik hakamlar Krishtianu Ronaldu jamoasi ishtirokidagi OChL bahsini boshqaradi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Osiyo Chempionlar ligasi “E” guruhi 1-turidan o‘rin olgan “Persepolis” (Eron) hamda “Al-Nasr" (Saudiya Arabistoni) jamoalari o‘rtasidagi bahsni Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar jamoasi boshqarib boradi. Qayd etish joizki, jahon futbol yulduzi portugaliyalik Ronaldu “Al-Nasr"da to‘p suradi.
Unga qanotlarda FIFA hakamlar Andrey Sapenko hamda Timur Gaynullin yordam berishadi. Shuningdek, zaxira hakami vazifasini yana bir top FIFA hakam Ahrol Risqullayev bajaradi.

“Eng quvonarli jihati shundaki, ilk bor OChL bahsida o‘zbek referisi VARda ishlaydi. OFK VAR kursini muvaffaqiyatli yakunlagan Firdavs Norsafarov ushbu bahsda AVAR sifatida ishtirok etadi”, - deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, VAR kursini muvaffaqiyatli yakunlagan yana bir hakam Abdurashid Xudoyberganov ham “Lion Siti” (Singapur) – “Bangkok Yunayted” (Tailand) bahsida AVAR vazifasini bajarishi ko‘zda tutilgan.
Osiyo Chempionlar ligasi | “E” guruhi, 1-tur: “Persepolis” – “Al-Nassr (19.09.2023)
Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Andrey Sapenko, Timur Gaynullin, Ahrol Risqullayev, Firdavs Norsafarov.
Osiyo Chempionlar ligasi | “F” guruhi, 1-tur: “Lion Siti” – “Bangkok Yunayted” (20.09.2023)
Hakam:Abdurashid Xudoyberganov
Ma’lumot uchun, ushbu uchrashuvlar 19-20 sentabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Qur’a tashlash marosimi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2023
OChL guruh bosqichiga qur’a tashlandi: O‘zbekiston klublari raqiblari kimlar
Yangiliklar lentasi
0