OChL guruh bosqichiga qur’a tashlandi: O‘zbekiston klublari raqiblari kimlar

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaQur’a tashlash marosimi
Qur’a tashlash marosimi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2023
Obuna bo‘lish
"Navbahor" jahon futbol yulduzi Neymar to‘p surayotgan Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubiga qarshi o‘ynaydi. Safida yana bir mashhur futbolchi Karim Benzema bo‘lgan "Al-Ittihod" OKMKga raqib bo‘ladi.
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Osiyo chempionlar ligasi (OChL) 2023/24 yilgi mavsumiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qur’aga ko‘ra, Toshkentning "Paxtakor", Qarshining "Nasaf", Toshkent viloyatining OGMK hamda Namanganning "Navbahor" jamoalari guruhdagi raqiblarini bilib olishdi.
Musobaqaning G‘arbiy mintaqasidagi guruhlar quyidagicha:
"A" guruhi: "Paxtakor" (O‘zbekiston), "Al-Fayha" (Saudiya Arabistoni), "Ahal" (Turkmaniston), "Al-Ayn" (BAA);
"B" guruhi: "As-Sadd" (Qatar), "Nasaf" (O‘zbekiston), "Al-Faysali" (Iordaniya), "Sharja" (BAA);
"S" guruhi: "Al-Ittihod" (Saudiya Arabistoni), "Sepahon" (Eron), "Eyr Fors" (Iroq), OGMK (O‘zbekiston);
"D" guruhi: "Al-Hilol" (Saudiya Arabistoni), "Nassaji Mozondaron" (Eron), "Mumbay Siti" (Hindiston), "Navbahor" (O‘zbekiston);
"E" guruhi: "Persepolis" (Eron), "Duhayl" (Qatar), "Istiqlol" (Tojikiston), "An-Nasr" (Saudiya Arabistoni).
© Telegram/UzPFLQur’a natijalari
Itogi jerebyovki Ligi chempionov AFK na Zapade - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2023
Qur’a natijalari
Yangiliklar lentasi
0