O‘zbekiston va Rossiyani ko‘p asrlik umumiy tarix birlashtirib turadi – Rossiya TIV o‘rinbosari
© Press-slujba MID RF
/ Obuna bo‘lish
Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin O‘zbekiston xalqini Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiyani ko‘p asrlik umumiy tarix bog‘lab turadi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin O‘zbekiston Mustaqilligi kuni munosabati bilan tashkil etilgan tantanali qabulda so‘zlagan qutlov nutqida aytib o‘tdi.
O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasida bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi. Unga ikki mamlakat rasmiylari, jamoat va madaniy tashkilotlari vakillari, yetakchi ekspertlar va turli davlatlarning diplomatik vakolatxonalari xodimlari taklif etildi.
Mixail Galuzin o‘zining tabrik so‘zida O‘zbekiston so‘nggi yillarda siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda erishilgan salmoqli natijalarni alohida ta’kidladi.
“O‘zbekiston bugun ilg‘or, ochiq va kelajakka intilayotgan davlatdir. Do‘stimiz O‘zbekistonning muvaffaqiyatlari barcha fuqarolar va mamlakat rahbariyatining tinimsiz birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli erishildi. Ishonchimiz komilki, bunday sinergiya respublikaning taraqqiyot va farovonlik yo‘lidan keyingi harakatini ta’minlaydi, o‘zbekistonlik fuqarolar hayotining sifat jihatidan yaxshilanishini kafolatlaydi”, — dedi u.
Mixail Galuzin Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar ikki tomonlama munosabatlarning barcha jabhalarida jadal rivojlanayotganini qayd etdi.
“Bizni ko‘p asrlik umumiy tarix, yaqin insoniy, madaniy-gumanitar aloqalar, iqtisodiy va iqtisodiy munosabatlarning zich to‘qimasi birlashtirib turadi...Moskva va Toshkent faol va ishonchli siyosiy muloqotni davom ettirmoqda va biz, albatta, munosabatlarimizdagi bunday tendensiyalarning bundan buyon ham davom etishini, eng yuqori darajadagi aloqalarni yanada davom ettirishni intiqlik bilan kutamiz”, — dedi u.
Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari ta’kidlaganidek, o‘zaro savdo, siyosiy sohada, jumladan, turli xalqaro platformalarda hamkorlik o‘sib bormoqda. Ikki davlat o‘rtasida madaniy-ma’rifiy sohalardagi hamkorlik tobora kengaymoqda.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya yangi o‘quv yilida o‘zbekistonliklarning Rossiya oliy o‘quv yurtlarida bepul o‘qishi uchun ajratilgan kvotalar sonini 631 kishidan 800 kishiga oshirdi. Umuman olganda, 63 ming o‘zbekistonlik talabaning 14 mingdan ortig‘i Rossiyada tahsil olmoqda, O‘zbekistonda ham Rossiya oliy o‘quv yurtlarining 14 ta filiali faoliyat yuritmoqda.
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadovning qutlov nutqida ikki tomonlama Rossiya-O‘zbekiston munosabatlarining yuksak darajasi ham qayd etildi.
© Sputnik / Pavel LisisinO‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov.
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov.
© Sputnik / Pavel Lisisin
“Qardosh xalqlarimizni ko‘p asrlik do‘stlik bog‘lab turadi. Kuchli ma’naviy va madaniy aloqalar. Ishonchim komilki, bu yil madaniyat, fan, ta’lim va muzey ishi sohalarida rejalashtirilgan qo‘shma muhim tadbirlar umumiy qadriyatlarimizni asrab-avaylashga xizmat qiladi”, — dedi elchi.
Asadovning aytishicha, mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash faol o‘sib bormoqda, bu ko‘rsatkich o‘tgan yili 9 milliard dollardan oshdi va jadal o‘sib bormoqda. Mintaqaviy hamkorlik mustahkamlanmoqda, 2022-yilda ikki mamlakat hududlaridan delegatsiyalarning 70 dan ortiq o‘zaro tashriflari shundan dalolat beradi.
Bayramona tadbir mehmonlari konsert dasturidan bahramand bo‘lishdi. VGIK Toshkent filiali talabalari tomonidan rang-barang tabrik videosi tayyorlandi, estrada artistlari o‘zbek va rus tillarida taniqli kompozitsiyalarni ijro etishdi.