BRIKSning kengayishi AQSh uchun muhim saboq bo‘lishi mumkin — siyosatshunos

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishSammit BRIKS v YuAR.
Sammit BRIKS v YuAR. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2023
Obuna bo‘lish
Siyosatshunos Sarang Shidor: o‘n yildan ko‘proq vaqt davomida Qo‘shma Shtatlar BRIKSni ko‘p jihatdan e’tiborsiz qoldirgan, ammo hozirda bunday o‘ziga ishonchni oqlab bo‘lmaydigandek ko‘rinadi.
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. BRIKSning kengayishi AQShning global hukmronligining susayganidan darak berdi, ammo Vashington bundan muhim saboq olishi mumkin. Bu haqda New York Times’ga siyosatshunos Sarang Shidor ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Muallif ta’kidlaganidek, o‘n yildan ko‘proq vaqt davomida Qo‘shma Shtatlar BRIKSni ko‘p jihatdan e’tiborsiz qoldirgan, ammo hozirda bunday o‘ziga ishonchni oqlab bo‘lmaydigandek ko‘rinadi.
Shunday qilib, Yoxannesburgda bo‘lib o‘tgan BRIKS sammitida Global Janubning oltita davlati o‘z saflariga qo‘shilishga taklif qilindi, shundan so‘ng Amerika Qo‘shma Shtatlarining befarqligi "hayrat va hatto tashvish bilan almashtirildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar deyarli 20 davlatdan iborat uzun navbat BRIKS uchun saf tortsa, demak, bu, albatta, “nimanidir to‘g‘ri qilmoqda”.
"BRIKSning kengayishi shubhasiz ko‘plab kuchlarning mavjud dunyo tartibidan noroziligining belgisi va ularning ushbu tizimdagi mavqeyini yaxshilash istagining dalilidir", - dedi u.
Global hukmronligi asta-sekin zaiflashayotgan Amerika uchun bu muhim muammo - va yaxshi imkoniyat, deb hisoblaydi siyosatshunos.
“BRIKSning o‘sib borayotgan jozibadorligi AQShning global hukmronligi susayib borayotganining eng katta belgisidir”, dedi u.
Muallif fikricha, hal qilib bo‘lmaydigan ichki muammolarga duch kelgan Qo‘shma Shtatlar BRIKSning kengayishiga tahdid sifatida emas, balki “yaxshi imkoniyat” sifatida qarashi kerak.
“BRIKS Qo‘shma Shtatlarga amaliy hamkorlikni qayta o‘rganish, shuningdek, ba’zi uzoq majburiyatlardan voz kechish va AQShning milliy manfaatlariga zid bo‘lgan o‘zlarining istisno g‘oyalaridan xalos bo‘lish imkoniyatini beradi. Bunday o‘zgarishlar jarayonida Vashington, balki butun dunyo ham yaxshilanishi mumkin”, deya qo‘shimcha qildi u.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda BRIKS besh davlatni birlashtiradi: Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va JAR. BRIKS qisqartmasi kiruvchi mamlakatlar nomlarining birinchi harflaridan tuzilgan: Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika.
22-24 avgust kunlari Yoxannesburgdagi sammitda Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Eron, Argentina, Misr va Efiopiya ushbu iqtisodiy blokka a’zo bo‘lish uchun rasmiy taklif oldi. Ularning to‘liq a’zoligi 2024-yil 1-yanvardan boshlanadi. Ma’lum bo‘lishicha, ayni damda jami 23 davlat BRIKSga qo‘shilish istagini bildirgan.
Flagi YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2023
O‘zbekiston va YeOII
BRIKS–ShHT–EOII qo‘shma sammitlari muntazam o‘tkaziladi – ekspert
Yangiliklar lentasi
0