https://oz.sputniknews.uz/20230830/jizzaxda-qattiq-maishiy-chiqindi-poligonlari-quriladi-38398173.html
Jizzaxda qattiq maishiy chiqindi poligonlari quriladi
Jizzaxda qattiq maishiy chiqindi poligonlari quriladi
Sputnik O‘zbekiston
2024–2026 yillar davomida Jizzaxda qattiq maishiy chiqindilarni qayta yuklash ko‘chma stansiyalarini yaratish, yangi qattiq maishiy chiqindi poligonlarini qurish ishlari amalga oshiriladi.
2023-08-30T15:59+0500
2023-08-30T15:59+0500
2023-08-30T15:59+0500
jamiyat
o‘zbekiston
jizzax
chiqindixona
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/1e/38398257_163:32:1280:661_1920x0_80_0_0_bc3954870ccc7dfa266916e662d5652c.jpg
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. 2024–2026 yillar davomida Jizzax viloyatida qattiq maishiy chiqindilarni qayta yuklash ko‘chma stansiyalarini yaratish, yangi qattiq maishiy chiqindi poligonlarini qurish va amaldagi poligonlarda zamonaviy talablarga javob beradigan chiqindixonalarni qayta qurish ishlari amalga oshiriladi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.2021 yil 2-dekabr kuni Jizzaxda 2022–2026 yillarda chiqindi sohasini rivojlangan mamlakatlardagidek tashkil etish va rivojlantirish yuzasidan Janubiy Koreyaning atrof-muhit sanoati va texnologiyalari instituti va Jizzax viloyati hokimligi o‘rtasida qo‘shma Memorandum imzolangan. Loyiha uchun 6,6 mln AQSh dollari miqdoridagi grant va 90 mln AQSh dollari miqdoridagi kredit mablag‘lari ajratilgan.Shuningdek, loyiha doirasida Zomin va Sharof Rashidov tumanlarida 3 ta ekologik norma va sanitar talablarga javob beradigan qattiq maishiy chiqindi poligonlari, 5 ta hududda kompostlash va chiqindilarni saralash kompleksi hamda Zarbdor, Arnasoy, Paxtakor, Mirzacho‘l, Yangiobod va Baxmal tumanlarida 6 ta chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari quriladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/1e/38398257_288:0:1248:720_1920x0_80_0_0_bb2674c9d510e4bb7b7983f91e2c36b3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jizzax qattiq maishiy chiqindi poligonlari
jizzax qattiq maishiy chiqindi poligonlari
Jizzaxda qattiq maishiy chiqindi poligonlari quriladi
2024–2026 yillar davomida Jizzaxda qattiq maishiy chiqindilarni qayta yuklash ko‘chma stansiyalarini yaratish, yangi qattiq maishiy chiqindi poligonlarini qurish ishlari amalga oshiriladi.
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. 2024–2026 yillar davomida Jizzax viloyatida qattiq maishiy chiqindilarni qayta yuklash ko‘chma stansiyalarini yaratish, yangi qattiq maishiy chiqindi poligonlarini qurish va amaldagi poligonlarda zamonaviy talablarga javob beradigan chiqindixonalarni qayta qurish ishlari amalga oshiriladi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
xabar berdi. 2021 yil 2-dekabr kuni Jizzaxda 2022–2026 yillarda chiqindi sohasini rivojlangan mamlakatlardagidek tashkil etish va rivojlantirish yuzasidan Janubiy Koreyaning atrof-muhit sanoati va texnologiyalari instituti va Jizzax viloyati hokimligi o‘rtasida qo‘shma Memorandum imzolangan. Loyiha uchun 6,6 mln AQSh dollari miqdoridagi grant va 90 mln AQSh dollari miqdoridagi kredit mablag‘lari ajratilgan.
Ta’kidlanishicha, Sharof Rashidov tumanidagi chiqindilar poligonida 500 kVt-1 MVt quvvatiga teng chiqindi poligonlaridan chiqayotgan gazlarni yig‘ish inshooti va 500 kVt-1 MVt quvvatga ega elektr stansiyasiga ulanishi mumkin bo‘lgan chiqindi gaz yig‘ish tizimi quriladi.
Shuningdek, loyiha doirasida Zomin va Sharof Rashidov tumanlarida 3 ta ekologik norma va sanitar talablarga javob beradigan qattiq maishiy chiqindi poligonlari, 5 ta hududda kompostlash va chiqindilarni saralash kompleksi hamda Zarbdor, Arnasoy, Paxtakor, Mirzacho‘l, Yangiobod va Baxmal tumanlarida 6 ta chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari quriladi.