https://oz.sputniknews.uz/20230827/nonushta-mahsulotlar-istemol-qilish-38268819.html
Nonushtada qanday mahsulotlar iste’mol qilish kerak?
Nonushtada qanday mahsulotlar iste’mol qilish kerak?
Sputnik O‘zbekiston
Ertalabki tamaddi payti xamirturush bilan pishirilgan ovqatlar, sitrus mevalar, xom sabzavotlar, yog‘li go‘sht va uglevodga boy mahsulotlar iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.
2023-08-27T07:16+0500
2023-08-27T07:16+0500
2023-08-27T07:16+0500
jamiyat
ovqatlanish
oziq-ovqat
shifokorlar tavsiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1354/39/13543939_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_2acfe4a9a94042b495544d8fdbc1365f.jpg
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Nonushta kun bo‘yi insonni energiya va zarur oziq moddalari bilan ta’minlaydi. Bu haqda shifokor Guli Shayxova ma’lum qildi.Nonushta – kunlik ovqatlanish ratsionining eng muhim qismi. Shu sababli dunyo diyetologlari ertalabki tamaddini mutlaqo kanda qilmaslikni tavsiya etadi. Albatta ushbu odatdan voz kechmaslik uchun bir qator muhim sabablar mavjud.Shuningdek, nonushta kishiga kun davomida jismoniy va ruhiy quvvat bag‘ishlab, kayfiyatni ko‘taradi. Immunitet tizimini mustahkamlab, miyaning samarali ishlashini ta’minlaydi.Inson, eng avvalo, uyg‘ongandan so‘ng, bir stakan iliq suv ichishi lozim. Agar istasa, unga limon sharbati qo‘shish ham mumkin. Bu esa tanani uyg‘otadi, ichaklarning to‘g‘ri ishlashiga yordam beradi. Qolaversa, ovqat hazm qilish va endokrin tizimlar birinchi taomga tayyorlanadi.Suv ichgandan so‘ng taxminan yarim soatdan keyin tamaddi qilish kerak. Ko‘pchilikni eng maqbul nonushta vaqti soat nechada bo‘lishi kerakligi qiziqtiradi.Ba’zi insonlar ertalab nonushta qilishni yoqtirmaydi. Kimdir ishtaham yo‘q desa, yana kimdir qorni ochmaganini aytadi. Biroq bu yaxshi emas va ular bu odatga qarshi kurashishi lozim. Qarabsizki, ikki hafta o‘tgach, tananing o‘zi ertalab undan ovqatlantirishni so‘raydi.Nonushtada grechka, jo‘xori uni, arpa, tariq solingan va suv yoki sutda tayyorlangan bo‘tqalar yeyish juda foydali. Sababi ular tarkibida yetarli miqdorda uglevodlar bo‘lib, oshqozonni tezda to‘yintiradi va uzoq vaqt ochlikni his qilmaslikka yordam beradi. Tuxumni qovurilgan yoki qaynatilgan holda iste’mol qilish ham kun bo‘yi tanani kerakli vitamin va minerallar bilan ta’minlaydi.Shuningdek, kam yog‘li tvorog, sut, kefir, tabiiy yogurt ichish organizmni ko‘p miqdorda ozuqa moddalari, D vitamini, kaliy va kalsiy bilan to‘yintiradi. Ozishni istaydiganlar, kam yog‘li sut ichishlari maqsadga muvofiq. Qolaversa, nonushtada yog‘siz mol, tovuq, kurka va baliq go‘shtidan tayyorlangan taomlarni tanavvul qilish kishiga ajoyib to‘yinganlik hissini beradi.Ertalabki tamaddi payti xamirturush bilan pishirilgan ovqatlar, sitrus mevalar, xom sabzavotlar, yog‘li go‘sht va uglevodga boy mahsulotlar iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1354/39/13543939_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_27f354b0c26b5842a8f2992efabe333f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
nonushta mahsulot ertalabki tamaddi xamirturush ovqatlar sitrus mevalar xom sabzavotlar yog‘li go‘sht uglevod grechka jo‘xori uni arpa tariq suv sut bo‘tqalar tuxum vitamin mineral tvorog kefir yogurt kaliy kalsiy ozish
nonushta mahsulot ertalabki tamaddi xamirturush ovqatlar sitrus mevalar xom sabzavotlar yog‘li go‘sht uglevod grechka jo‘xori uni arpa tariq suv sut bo‘tqalar tuxum vitamin mineral tvorog kefir yogurt kaliy kalsiy ozish
Nonushtada qanday mahsulotlar iste’mol qilish kerak?
Ertalabki tamaddi payti xamirturush bilan pishirilgan ovqatlar, sitrus mevalar, xom sabzavotlar, yog‘li go‘sht va uglevodga boy mahsulotlar iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Nonushta kun bo‘yi insonni energiya va zarur oziq moddalari bilan ta’minlaydi. Bu haqda shifokor Guli Shayxova
ma’lum qildi. Nonushta – kunlik ovqatlanish ratsionining eng muhim qismi. Shu sababli dunyo diyetologlari ertalabki tamaddini mutlaqo kanda qilmaslikni tavsiya etadi. Albatta ushbu odatdan voz kechmaslik uchun bir qator muhim sabablar mavjud.
“Nonushta kun bo‘yi insonni energiya va zarur oziq moddalari bilan ta’minlaydi. Bu esa uni e’tiborsiz qoldirmaslikning asosiy sabablaridan”, deydi Toshkent tibbiyot akademiyasi Ovqatlanish gigiyenasi va bolalar, o‘smirlar gigiyenasi kafedrasi professori Guli Shayxova.
Shuningdek, nonushta kishiga kun davomida jismoniy va ruhiy quvvat bag‘ishlab, kayfiyatni ko‘taradi. Immunitet tizimini mustahkamlab, miyaning samarali ishlashini ta’minlaydi.
Inson, eng avvalo, uyg‘ongandan so‘ng, bir stakan iliq suv ichishi lozim. Agar istasa, unga limon sharbati qo‘shish ham mumkin. Bu esa tanani uyg‘otadi, ichaklarning to‘g‘ri ishlashiga yordam beradi. Qolaversa, ovqat hazm qilish va endokrin tizimlar birinchi taomga tayyorlanadi.
Suv ichgandan so‘ng taxminan yarim soatdan keyin tamaddi qilish kerak. Ko‘pchilikni eng maqbul nonushta vaqti soat nechada bo‘lishi kerakligi qiziqtiradi.
“Albatta bu savol individual xususiyatga ega bo‘lib, har bir insonning turmush tarziga bog‘liq. Biroq soat 7:00 dan 9:00 gacha bo‘lishi maqsadga muvofiq”, deydi u.
Ba’zi insonlar ertalab nonushta qilishni yoqtirmaydi. Kimdir ishtaham yo‘q desa, yana kimdir qorni ochmaganini aytadi. Biroq bu yaxshi emas va ular bu odatga qarshi kurashishi lozim. Qarabsizki, ikki hafta o‘tgach, tananing o‘zi ertalab undan ovqatlantirishni so‘raydi.
Nonushtada grechka, jo‘xori uni, arpa, tariq solingan va suv yoki sutda tayyorlangan bo‘tqalar yeyish juda foydali. Sababi ular tarkibida yetarli miqdorda uglevodlar bo‘lib, oshqozonni tezda to‘yintiradi va uzoq vaqt ochlikni his qilmaslikka yordam beradi. Tuxumni qovurilgan yoki qaynatilgan holda iste’mol qilish ham kun bo‘yi tanani kerakli vitamin va minerallar bilan ta’minlaydi.
Shuningdek, kam yog‘li tvorog, sut, kefir, tabiiy yogurt ichish organizmni ko‘p miqdorda ozuqa moddalari, D vitamini, kaliy va kalsiy bilan to‘yintiradi. Ozishni istaydiganlar, kam yog‘li sut ichishlari maqsadga muvofiq. Qolaversa, nonushtada yog‘siz mol, tovuq, kurka va baliq go‘shtidan tayyorlangan taomlarni tanavvul qilish kishiga ajoyib to‘yinganlik hissini beradi.
Ertalabki tamaddi payti xamirturush bilan pishirilgan ovqatlar, sitrus mevalar, xom sabzavotlar, yog‘li go‘sht va uglevodga boy mahsulotlar iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.