Zominda dor yo‘li ishga tushirildi — foto
© Gosudarstvenniy komitet po turizmuKanatnaya doroga v turistsko-rekreatsionnoy zone "Zomin" sdana v ekspluatatsiyu
© Gosudarstvenniy komitet po turizmu
Obuna bo‘lish
Zomin tumani Duoba qishlog‘ida barpo etilgan “Dor yo‘li” majmuasining “Zomin” osma dor yo‘li 12 ta minorali 11 dona ustundan tashkil topgan.
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Jizzax viloyatidagi “Zomin” turistik-rekreatsion zonasida hududdagi ilk dor yo‘li foydalanishga topshirildi, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi.
Bugun “Zomin” turistik-rekreatsion zonasida ilk dor yo‘lining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
© Gosudarstvenniy komitet po turizmu Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev.
Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev.
© Gosudarstvenniy komitet po turizmu
“Loyiha ortidan mahalliy aholi ishlab, daromad topadigan ko‘plab infratuzilmalar, jumladan, umumiy ovqatlanish, transport, suvenirlar, restoranlar, kafelar va boshqa xizmat ko‘rsatish turlari rivojlantiriladi”, - deya ta’kidladi Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev.
“Zomin” TRZ hududida zamonaviy dor yo‘li va ko‘p qavatli avtoturargohlar qurilish ishlari boshlandi. Yer uchastkasining maydoni 2 gektardan iborat bo‘lib, loyihaning qurilish-montaj ishlari qiymati 133,3 mlrd so‘mni tashkil etdi.
© Gosudarstvenniy komitet po turizmu“Zomin” turistik-rekreatsion zonasida hududdagi ilk dor yo‘li foydalanishga topshirildi.
“Zomin” turistik-rekreatsion zonasida hududdagi ilk dor yo‘li foydalanishga topshirildi.
© Gosudarstvenniy komitet po turizmu
“Zomin” osma dor yo‘li
Zomin tumani Duoba qishlog‘ida barpo etilgan “Dor yo‘li” majmuasining “Zomin” osma dor yo‘li 12 ta minorali 11 dona ustundan tashkil topgan. Xususan, 11-minoraning balandligi 35 metr bo‘lib, 8- va 9-ustunlar orasidagi eng katta masofa 615 metrdan iborat.
Dor yo‘lining eng katta qiyaligi 42 gradusni tashkil etadi. Dor yo‘lining uzunligi 2102 metrdan iborat bo‘lib, mijozlarni tashish uchun zamonaviy dizayndagi 36 ta kabina sayyohlar xizmatiga shay.
© Gosudarstvenniy komitet po turizmu“Zomin” turistik-rekreatsion zonasida hududdagi ilk dor yo‘li foydalanishga topshirildi.
“Zomin” turistik-rekreatsion zonasida hududdagi ilk dor yo‘li foydalanishga topshirildi.
© Gosudarstvenniy komitet po turizmu
Maksimal harakatlanish tezligi esa 6 metr sekundgachani tashkil etadi. Harakatlanish chog‘ida kabinalar orasidagi masofa 141 metr bo‘lib, soatiga 1200 nafar sayyohga xizmat ko‘rsatish imkoniga ega.
Quyi stansiyaning dengiz sathidan balandligi 1961,1 metr, yuqori stansiyasi esa 2490,6 metr. Stansiyalar o‘rtasida balandlikning farqi esa 529,5 metr.
“Zomin turistik-rekreatsion zonada umumiy qiymati 456 milliard so‘mlik to‘rtta loyihaning ish jarayonlari davom etmoqda. Jumladan, ko‘p qavatli avtoturargoh, zamonaviy restoran, osma ko‘priklar, bitta zamonaviy sog‘lomlashtirish markazi loyihalari amalga oshirilmoqda. Loyihalardan 122,0 mlrd so‘mlik zamonaviy dor yo‘li (kanat) bugun foydalanishga topshirildi”, deyiladi xabarda.
© Gosudarstvenniy komitet po turizmu“Zomin” turistik-rekreatsion zonasida hududdagi ilk dor yo‘li foydalanishga topshirildi.
“Zomin” turistik-rekreatsion zonasida hududdagi ilk dor yo‘li foydalanishga topshirildi.
© Gosudarstvenniy komitet po turizmu
Qo‘shimcha qilinishicha, “Zomin” turistik-rekreatsion zonasida yaqinda faoliyat boshlagan turistik obyektlar dunyo sayyohlarini dengiz sathidan 2400 metr balandlikdagi tabiat go‘zalliklaridan bahramand bo‘lishga imkonini bermoqda.