Abu Rayhon Beruniy nomidagi YuNESKO – O‘zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etiladi

© Foto : Agenstvo kulturnogo naslediya Uzbekistana O‘zbekiston va YuNESKO bayroqlari.
O‘zbekiston va YuNESKO bayroqlari. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2023
Obuna bo‘lish
YuNESKO bosh qarorgohida 4–8 sentabr kunlari Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan xalqaro ko‘rgazma va tadbirlar o‘tkaziladi.
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Abu Rayhon Beruniy nomidagi YuNESKO – O‘zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etiladi. Bu haqda 25-avgust kuni prezident tomonidan qabul qilingan qarorda nazarda tutilgan.
Mazkur hujjat Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-ma’rifiy merosini xalqaro darajada chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish, O‘zbekiston va YuNESKO o‘rtasidagi ilmiy-madaniy aloqalarni yanada kengaytirish, shuningdek, Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050-yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash maqsadida qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, YuNESKO bilan hamkorlikda sun’iy idrok sohasida odob-axloqni targ‘ib etish orqali ilmiy muloqotni rag‘batlantirish bo‘yicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi YuNESKO – O‘zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etiladi.
"Parijdagi YuNESKO bosh qarorgohida 2023-yil 4–8 sentabr kunlari Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan xalqaro ko‘rgazma va tadbirlar o‘tkaziladi", deyilgan hujjatda.
Ko‘rgazmada taqdim etish uchun dunyo kutubxonalarida saqlanayotgan nodir qo‘lozmalar nusxalaridan iborat Ko‘rgazmaga bag‘ishlangan maxsus katalogning ingliz va o‘zbek tillarida chop etiladi.
Shuningdek, ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston davlat filarmoniyasining konsert dasturi tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, prezidentning PQ-361 sonli qarorida 2023-yil yakunigacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida Abu Rayhon Beruniy majmuasi qurilishi belgilangan edi.
Al-Biruni infografika zaglushka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2022
Qomusiy alloma Abu Rayhon Beruniy haqida
Yangiliklar lentasi
0