"Silk Avia" mahalliy parvozlar uchun chiptalarga chegirmalar e’lon qildi

© Sputnik / Aleksey FilippovAeroportdagi yo‘lovchi.
Aeroportdagi yo‘lovchi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2023
Obuna bo‘lish
"Silk Avia" aviakompaniyasi 1-sentabrdan 3-sentabrgacha barcha yo‘nalishlar uchun chegirmalar davrini uzaytirdi.
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Mustaqillik kuni munosabati bilan "Silk Avia" aviakompaniyasi chiptalarga chegirmalar e’lon qiladi, deya xabar berdi "Uzbekistan airports".
Aytilishicha, 1-sentabrdan 3-sentabrgacha kompaniya barcha yo‘nalishlar uchun chegirmalar davrini uzaytiradi. Shuningdek, budjet chiptalar sonini ko‘paytiradi.

“Bayram kunlari Buxoroga 223 ming so‘mga, Namangan yoki Farg‘onaga 131 ming so‘mga, Samarqandga 157 ming so‘mga yetib olish mumkin bo‘ladi”, - deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, "Silk Avia"da uchta tarif mavjud. Oddiy tarifida faqat 5 kg qo‘l yuki taqdim etiladi — yuklar maxsus o‘lchamga mos kelishi kerak — 40 sm x 30 sm x 20 sm. Oson tarifida ham chiptalar qaytarilmaydi, lekin qayta bron qilish va 10 kg gacha qo‘shimcha bagaj olish imkoniyati mavjud. Omad tarifiga 20 kg gacha yuk, qayta bron qilish va chiptani qaytarish kiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Silk Avia" 1-avgustdan 31-avgustgacha barcha yo‘nalishlarga chiptalar narxini pasaytirgan edi. "Silk Avia" 1-iyundan yangi yo‘nalishlarga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi. Aviatashuvchining rasmiy sayti va aeroportlarda joylashgan kassalarda 25-may kuni chiptalar sotuvi boshlandi.
Yangiliklar lentasi
0