https://oz.sputniknews.uz/20230823/hindiston-dunyoda-birinchi-bolib-oyga-kosmik-kemani-muvaffaqiyatli-qondirdi-38152637.html
Hindiston dunyoda birinchi bo‘lib Oyning janubiy qutbiga kosmik kemani qo‘ndirdi — video
Hindiston dunyoda birinchi bo‘lib Oyning janubiy qutbiga kosmik kemani qo‘ndirdi — video
Sputnik O‘zbekiston
Hindiston dunyoda birinchi bo‘lib Oyning janubiy qutbiga kosmik kemani qo‘ndirdi
2023-08-23T18:33+0500
2023-08-23T18:33+0500
2023-08-23T18:36+0500
quyosh, oy, kosmos
kosmos
hindiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/838/53/8385386_0:0:3073:1729_1920x0_80_0_0_f87c8ece8fa66318a5e4f707bb0770d0.jpg
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Hindiston dunyoda birinchi bo‘lib Oyning janubiy qutbiga kosmik kemani muvaffaqiyatli qo‘ndirdi, qo‘nish Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti sayti va uning YouTube’dagi akkauntida namoyish etildi.Hindistonning “Chandrayan-3” koinot stansiyasi 14-iyul kuni koinotga uchirildi va 5-avgust kuni Oy orbitasiga chiqdi. Stansiya Oyga yaqinlashish uchun uning orbitasi Yerning tabiiy sun’iy yo‘ldoshidan 100 kilometrgacha qisqarguncha bir necha manevrlar o‘tkazdi. “Vikram” tushish moduli 17-avgust kuni stansiyadan ajralib chiqdi va avval orbitani tushirish uchun ikkita operatsiyani amalga oshirgan edi."Chandrayan-3" missiyasining o‘ziyurar avtomatik apparti Oy yuzasining elementar tarkibi haqida ilg‘or bilimlarni taqdim etishi kutilmoqda. Lunoxod rentgen alfa-zarrachalar spektrometri va lazer yordamida boshqariladigan spektroskop bilan jihozlangan.Shuningdek, detektorlar “Vikram” moduliga o‘rnatilgan. ChaSTE qo‘nuvchining foydali modullaridan biri qutb mintaqasi yaqinida Oy yuzasining issiqlik xossalarini o‘lchash uchun mo‘ljallangan. Kosmik kemada qo‘nish joyi atrofidagi plazmani (ionlar, elektronlar) bir oy kuni (14 yer kuni) davomida o‘lchaydigan Rambha-Lengmur zondi va Oy zilzilalari va mikrometeoritlar haqida yangi ma’lumotlarni taqdim etuvchi Oy seysmik faolligi detektori ham bor.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/838/53/8385386_0:0:2322:1741_1920x0_80_0_0_9752866ead4507d78dc73f86b6b4b8fc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hindiston dunyoda birinchi bo‘lib oyning janubiy qutbiga kosmik kemani qo‘ndirdi
hindiston dunyoda birinchi bo‘lib oyning janubiy qutbiga kosmik kemani qo‘ndirdi
Hindiston dunyoda birinchi bo‘lib Oyning janubiy qutbiga kosmik kemani qo‘ndirdi — video
18:33 23.08.2023 (yangilandi: 18:36 23.08.2023) Hindiston dunyoda birinchi bo‘lib Oyning janubiy qutbiga kosmik kemani muvaffaqiyatli qo‘ndirdi.
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Hindiston dunyoda birinchi bo‘lib Oyning janubiy qutbiga kosmik kemani muvaffaqiyatli qo‘ndirdi, qo‘nish Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti sayti va uning
YouTube’dagi akkauntida namoyish etildi.
Hindistonning “Chandrayan-3” koinot stansiyasi 14-iyul kuni koinotga uchirildi va 5-avgust kuni Oy orbitasiga chiqdi. Stansiya Oyga yaqinlashish uchun uning orbitasi Yerning tabiiy sun’iy yo‘ldoshidan 100 kilometrgacha qisqarguncha bir necha manevrlar o‘tkazdi. “Vikram” tushish moduli 17-avgust kuni stansiyadan ajralib chiqdi va avval orbitani tushirish uchun ikkita operatsiyani amalga oshirgan edi.
"Chandrayan-3" missiyasining o‘ziyurar avtomatik apparti Oy yuzasining elementar tarkibi haqida ilg‘or bilimlarni taqdim etishi kutilmoqda. Lunoxod rentgen alfa-zarrachalar spektrometri va lazer yordamida boshqariladigan spektroskop bilan jihozlangan.
Shuningdek, detektorlar “Vikram” moduliga o‘rnatilgan. ChaSTE qo‘nuvchining foydali modullaridan biri qutb mintaqasi yaqinida Oy yuzasining issiqlik xossalarini o‘lchash uchun mo‘ljallangan. Kosmik kemada qo‘nish joyi atrofidagi plazmani (ionlar, elektronlar) bir oy kuni (14 yer kuni) davomida o‘lchaydigan Rambha-Lengmur zondi va Oy zilzilalari va mikrometeoritlar haqida yangi ma’lumotlarni taqdim etuvchi Oy seysmik faolligi detektori ham bor.