Bugun Toshkentning ayrim mahallalarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi — manzillar

© AO "Regionalnie elektricheskie seti"V kakom rayone Tashkenta otklyuchili elektrichestvo
V kakom rayone Tashkenta otklyuchili elektrichestvo
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.08.2023
Obuna bo‘lish
Poytaxtning ikkita tumanidagi MFYlarning qator ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Bugun Toshkentning Sergeli va Yashnobod tumanlarining ayrim mahallalarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali xabar berdi.
Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida poytaxtning ayrim tumanlaridagi MFYlarning qator ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

“Iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsad qilingan”, - deyiladi xabarda.

Quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
Sergeli tumani - "Xonobod tepa" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
Yashnobod tumani - "Arg‘in" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 15:00 gacha.
O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.
Xabarda "Hududiy elektr tarmoqlari" ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘ragan.
Yangiliklar lentasi
0