Toshkentdagi ayrim OTMlarda darslar boshlanishi vaqti o‘zgaradi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovStudenti. Arxivnoe foto
Studenti. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.08.2023
Obuna bo‘lish
Metro bekatlariga yaqin 31 ta OTMda dars jarayonlarining boshlanish vaqti ma’lum bo‘ldi
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. O‘zbekistondagi barcha davlat oliy va professional ta’lim muassasalari va akademik litseylarda yangi — 2023/2024 o‘quv yili 4-sentabrdan (dushanba kuni) boshlanadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Toshkent shahar metropolitenida yo‘lovchi oqimini to‘g‘ri taqsimlash, talabalarning o‘z vaqtida dars mashg‘ulotlariga yetib borishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida bekatlarga yaqin joylashgan oliy ta’lim muassasalarining maqbullashtirilgan ish grafigi ham tasdiqlandi.
4 sentabrdan quyidagi 31 ta oliy ta’lim maskani talabalari o‘zgargan grafik asosida darslarga qatnashadi.
© MinvuzOTMlarda dars boshlanishi vaqti
Noviy grafik raboti stolichnix vuzov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.08.2023
OTMlarda dars boshlanishi vaqti
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston aholisi Mustaqillik bayramida ketma-ket 3 kun (1, 2 va 3-sentabr) dam oladi.
Yangiliklar lentasi
0