https://oz.sputniknews.uz/20230822/tanzila-narbaeva-falastin-tashqi-ishlar-va-muhojirlar-vaziri-bilan-uchrashdi-38078946.html
Tanzila Narbayeva Falastin tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi — tafsilotlar
Tanzila Narbayeva Falastin tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston bilan Falastin o‘rtasidagi ko‘p tomonlama, xususan, iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalar hamda parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
2023-08-22T10:08+0500
2023-08-22T10:08+0500
2023-08-22T13:40+0500
siyosat
o‘zbekiston
tanzila norboyeva
falastin
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/16/38078539_0:85:1620:996_1920x0_80_0_0_301a7f999416a760c723d112393d3460.jpg
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva kecha, 21-avgust kuni, Falastin tashqi ishlar va muhojirlar vaziri Riyod Malkini qabul qildi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.O‘zbekiston bilan Falastin o‘rtasidagi ko‘p tomonlama, xususan, iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalar hamda parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.Senat raisi turli darajalarda o‘zaro tashriflarni tashkil etish va tajriba almashish orqali Falastin va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalar salohiyatini kuchaytirish taklifini bildirdi. Jumladan, ikki davlat parlamentlari o‘rtasida konstruktiv muloqotni o‘rnatish va parlamentlararo yaqin aloqalarni rivojlantirishga e’tibor qaratildi.Uchrashuv yakunida xalqaro parlament tuzilmalari va boshqa qator xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash an’anasini davom ettirish va hamkorlikni yanada izchil rivojlantirish yuzasidan kelishib olindi.
o‘zbekiston
falastin
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/16/38078539_388:111:1244:753_1920x0_80_0_0_d8c89562a85b476c244afc79caa2ff61.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tanzila narbayeva falastin tashqi ishlar va muhojirlar vaziri
tanzila narbayeva falastin tashqi ishlar va muhojirlar vaziri
Tanzila Narbayeva Falastin tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi — tafsilotlar
10:08 22.08.2023 (yangilandi: 13:40 22.08.2023) O‘zbekiston bilan Falastin o‘rtasidagi ko‘p tomonlama, xususan, iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalar hamda parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva kecha, 21-avgust kuni, Falastin tashqi ishlar va muhojirlar vaziri Riyod Malkini qabul qildi. Bu haqda Senat matbuot xizmati
xabar berdi. O‘zbekiston bilan Falastin o‘rtasidagi ko‘p tomonlama, xususan, iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalar hamda parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Suhbat davomida savdo-iqtisodiy munosabatlar ikki tomonlama hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan ekanligi, shu nuqtayi nazardan qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, farmatsevtika va to‘qimachilik sohalarida qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.
Senat raisi turli darajalarda o‘zaro tashriflarni tashkil etish va tajriba almashish orqali Falastin va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalar salohiyatini kuchaytirish taklifini bildirdi. Jumladan, ikki davlat parlamentlari o‘rtasida konstruktiv muloqotni o‘rnatish va parlamentlararo yaqin aloqalarni rivojlantirishga e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida xalqaro parlament tuzilmalari va boshqa qator xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash an’anasini davom ettirish va hamkorlikni yanada izchil rivojlantirish yuzasidan kelishib olindi.