Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyevning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMirziyoyev i Aliyev: vstrecha v uzkom krugu
Mirziyoyev i Aliyev: vstrecha v uzkom krugu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.08.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Ozarbayjon orasidagi ko‘p qirrali strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish borasida fikr almashdilar.
Xususan:
hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, yangi kooperatsiya loyihalarini birgalikda ishlab chiqish va ilgari surish uchun ikki mamlakat hududlari rahbarlarining muntazam uchrashuvlarini tashkil etish;
madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirish, ta’lim va fan sohasida qo‘shma dasturlarni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.
xalqaro terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, kiberjinoyatlarga qarshi kurashish borasida sa’y-harakatlarni birlashtirish;
Xalqaro tashkilotlar doirasida faol muloqotni va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish masalalarini muhokama qildilar.
"Zug‘ulba" qarorgohida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Mirziyoyev Aliyevga ko‘rsatilayotgan samimiy mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi.
Davlat rahbarlari, shunngdek so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Ozarbayjon orasida parlamentlar, hukumatlar, hududlar, tashqi siyosiy va boshqa idoralar, tahliliy doiralar o‘rtasidagi aloqalar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etishdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMirziyoyev i Aliyev: vstrecha v uzkom krugu
Mirziyoyev i Aliyev: vstrecha v uzkom krugu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.08.2023
Yangiliklar lentasi
0