Sanepidqo‘mita Samarqanddagi xot-dogdan ommaviy zaharlanish yuzasidan ma’lumot berdi

© AFP 2023 / BRENDAN SMIALOWSKIXot-dog
Xot-dog - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.08.2023
Obuna bo‘lish
49 kishining zaharlanishiga xot-dog uchun ishlatilgan sabzi salati sabab bo‘lgani gumon qilinmoqda.
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi (Sanepidqo‘mita) Samarqand shahrida 49 kishi xot-dogdan zaharlanishi yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 14-15 avgust kunlari Samarqand shahri Ro‘dakiy ko‘chasidagi “Bir zumda” savdo shoxobchasida tayyorlangan xot-dogdan zaharlangan 49 kishiga ahvoli yaxshilanganligi sababli uyiga javob berilgan.
O‘rganish jarayonida xot-dog tayyorlashda ishlatilgan sabzi salatini Samarqand tumani Bog‘i tillo mahallasida yashovchi fuqaro M.S. uy sharoitida tayyorlangani aniqlangan.
Sabzi salatini tayyorlashda ishtirok etgan xonadon a’zolari M.S. va A.U. ish anjomlari, tayyor sabzi salati va ichimlik suvidan namunalar olinib, Sanepidqo‘mitaning Samarqand shahar bo‘limi laboratoriyalariga yuborilgan.
Shuningdek, savdo shoxobchasida 18-avgust kuni tekshirish o‘tkazilgan.
Tekshirish davomida quyidagilar aniqlangan: ish anjomlari markirovkalanmagan, idish yuvish xonasi sanitariya qoida va meyorlarga zid ravishda tashkil etilgan, xavfsizligi kafolatlanmagan uy sharoitida tayyorlangan salatlar ishlatilishiga yo‘l qo‘yilgan.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan "Bir zumda" savdo shoxobchasining ish faoliyati 18-avgustdan vaqtincha to‘xtatilgan. Korxona rahbari A.A.ga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0