Samarqandda qariyb 50 kishi xot-dogdan zaharlandi - video

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishTez yordam mashinasi, arxiv surat
Tez yordam mashinasi, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.08.2023
Obuna bo‘lish
Samarqand shahrida 49 kishi fast-fuddan zaharlanib, shifoxonaga yotqizildi. Ularning barchasi Ro‘dakiy ko‘chasidagi umumiy ovqatlanish markazida xot-dog iste’mol qilgan.
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Samarqand shahrida 49 kishi tez ovqatlanish kafesida tayyorlangan taomdan zaharlanib, yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi. Bu haqda STV telekanali xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bir oilaning to‘rt nafar a’zosi shaharning Ro‘dakiy ko‘chasidagi umumiy ovqatlanish markazida xot-dog iste’mol qilgan. Ularning uch nafari — voyaga yetmagan bolalar kechga yaqin ko‘ngil aynishi, tana haroratining ko‘tarilishi tashxisi bilan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
Shifoxonaga jami 49 kishi yotqizilgan. Bemorlarning barchasi xot-dog iste’mol qilganidan keyin sog‘lig‘ida o‘zgarishlar kuzatilganini bildirgan.
Bemorlarning 29 nafariga uyiga javob berilgan. Qolgan 20 nafari davolanishni davom ettirmoqda. Shifikorning so‘zlariga ko‘ra, ularning ahvoli ancha yaxshi.
Jizzaxda ommaviy zaharlanish sodir bo‘ldi
Hozir bu ovqatlanish shoxobchasi faoliyati to‘xtatilgan. O‘sha kuni xot-dogga solingan mahsulotlar namunalari viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasiga topshirilgan.
Yangiliklar lentasi
0