Rossiya 2022-yilda eng kuchli iqtisodiy beshlikka kirdi — Putin

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.08.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya 2022-yilda, dunyoning kuchli besh yirik iqtisodi ro‘yxatiga kirdi va bu borada Germaniyani ortda qoldirdi - Putin.
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Rossiya 2022-yilda dunyoning eng kuchli besh iqtisodi ro‘yxatiga kirdi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Strategik rivojlanish va milliy loyihalar bo‘yicha kengash yig‘ilishida.
Jahon bankining yalpi ichki mahsulotning xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha hisob-kitoblar bo‘yicha Rossiya dunyoda Xitoy, AQSh, Hindiston va Yaponiyadan keyin beshinchi o‘rinni egallab, Germaniyani ortda qoldirdi.
"Ochig‘ini aytganda, G‘arb mutaxassislarining pessimistik prognozlarga qaramay, Rossiya 2022-yil yakunlariga ko‘ra <...> dunyodagi eng yirik beshta iqtisodiyotga kirdi", - dedi prezident.
Shu bilan birga, yalpi ichki mahsulotning nominal ko‘rsatkichlari bo‘yicha 2022-yil yakuniga ko‘ra AQSh, Xitoy, Yaponiya, Germaniya, Hindiston, Buyuk Britaniya va Fransiyadan keyin sakkizinchi o‘rinni egalladi.
Davlat rahbari Rossiya iqtisodiyotida barqaror o‘sish kuzatilayotganini qo‘shimcha qildi. Prezident ta’kidlashiga ko‘ra, tabiiy resurslar, jumladan, neft va gaz qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan tarmoqlar jadal rivojlanmoqda.

Rossiya prezidentini nutqidan asosiy g‘oyalar:

Rossiyada iqtisodiy o‘sish sur’ati ancha barqaror;
Rossiya eksporti uchun to‘lovda rublning ulushi bir yarim yil ichida uch barobardan ko‘proqqa oshdi;
Rossiya ishlab chiqaruvchilari yangi bo‘shliqlarni, shu jumladan G‘arb kompaniyalari tomonidan bo‘shatilgan joylarni egallashmoqda;
Rossiyada davlat budjeti bajarilishi barqaror va xavf tug‘dirmaydi. Iyul-sentabr oylarida budjet profitsitga tushiriladi va yil yakuniga qadar budjet defitsiti YaIMning 2%ni tashkil etadi.
Rossiya kompaniyalari amalda o‘z aksiyalarini ichki fond bozoriga joylashtirmaydi, buni o‘zgartirish kerak;
2024 yil 1-yanvardan boshlab fuqarolarning ixtiyoriy jamg‘armalari dasturi ishlay boshlaydi, bu odamlarga xavfsizlik yostig‘ini yaratish imkonini beradi;
Hukumat va Rossiya banki moliya bozoridagi o‘zgaruvchanlikni kamaytirish va kapitalning chiqib ketishini nazorat qilish uchun mavjud vositalardan faolroq foydalanishi kerak;
Uy-joylar, bolalar bog‘chalari, maktablar, madaniyat markazlari qurish, asosan, qishloq va kichik shaharchalarni obodonlashtirish ustuvor vazifa hisoblanadi. Buning uchun barcha sharoit va vositalar mavjud.
2023 yilda turar-joy binolarini foydalanishga topshirish hajmi o‘tgan yilgi rekordni yangilaydi.
Yangiliklar lentasi
0