https://oz.sputniknews.uz/20230822/ozbekiston-kaspiy-dengizi-orqali-yuk-tashishni-kopaytiradi--38114646.html
O‘zbekiston Kaspiy dengizi orqali yuk tashishni ko‘paytiradi
O‘zbekiston Kaspiy dengizi orqali yuk tashishni ko‘paytiradi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Ozarbayjon transport va tranzit sohasidagi hamkorlikni rivojlantiradi. 22.08.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-08-22T21:38+0500
2023-08-22T21:38+0500
2023-08-23T11:41+0500
siyosat
iqtisod
shavkat mirziyoyev
o‘zbekiston
ozarbayjon
ilhom aliyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/16/38114744_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_6350bd32ec1cd65ad082714ead6755e0.jpg
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. O‘zbekiston Kaspiy dengizi orqali yuk tashishni ko‘paytiradi. Ushbu masala Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyevlarning kengaytirilgan tartibdagi uchrashuvida muhokama qilindi. Qayd etilishiga ko‘ra, o‘tgan 2022-yilda O‘zbekiston yuklarini Boku porti orqali tashish hajmi qariyb ikki barobar oshgan va O‘zbekiston bundan buyon ham Ozarbayjonning zamonaviy transport tarmog‘idan foydalanib, yuk tashishni ko‘paytirish niyatida.Undan tashqari uchrashuvida, madaniy-gumanitar sohada hamkorlik qilish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish hamda qo‘shma Investitsiya jamg‘armasi mablag‘larini faol o‘zlashtirish muhimligi ta’kidlandi.Yig‘ilish davomida tashqi siyosiy idoralar rahbarlari, Hukumatlararo komissiya hamraislari, transport va energetika, qishloq xo‘jaligi va madaniyat vazirlarining muzokaralar kun tartibi yuzasidan hisobotlari tinglandi.Kengaytirilgan uchrashuv yakunda davlat rahbarlari qo‘shma “yo‘l xarita”larini tayyorlash va erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirish mexanizmlarini ta’sis etishga topshiriq berdilar.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/16/38114744_73:0:1208:851_1920x0_80_0_0_b106c9db7f765d6894a81d684dc1fac8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, iqtisod, shavkat mirziyoyev, o‘zbekiston, ozarbayjon, ilhom aliyev
siyosat, iqtisod, shavkat mirziyoyev, o‘zbekiston, ozarbayjon, ilhom aliyev
O‘zbekiston Kaspiy dengizi orqali yuk tashishni ko‘paytiradi
21:38 22.08.2023 (yangilandi: 11:41 23.08.2023) O‘zbekiston va Ozarbayjon transport va tranzit sohasidagi hamkorlikni rivojlantiradi.
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. O‘zbekiston Kaspiy dengizi orqali yuk tashishni ko‘paytiradi. Ushbu masala Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyevlarning kengaytirilgan tartibdagi uchrashuvida muhokama qilindi.
"Transkaspiy yo‘lagi doirasida qo‘shma logistika kompaniyasini tashkil etish hamda Boku shahri va uchinchi mamlakatlar portlarida omborxona infratuzilmasi va logistika markazlarini barpo etish choralari muhokama qilindi", - deyiladi xabarda.
Qayd etilishiga ko‘ra, o‘tgan 2022-yilda O‘zbekiston yuklarini Boku porti orqali tashish hajmi qariyb ikki barobar oshgan va O‘zbekiston bundan buyon ham Ozarbayjonning zamonaviy transport tarmog‘idan foydalanib, yuk tashishni ko‘paytirish niyatida.
Undan tashqari uchrashuvida, madaniy-gumanitar sohada hamkorlik qilish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish hamda qo‘shma Investitsiya jamg‘armasi mablag‘larini faol o‘zlashtirish muhimligi ta’kidlandi.
Yig‘ilish davomida tashqi siyosiy idoralar rahbarlari, Hukumatlararo komissiya hamraislari, transport va energetika, qishloq xo‘jaligi va madaniyat vazirlarining muzokaralar kun tartibi yuzasidan hisobotlari tinglandi.
Kengaytirilgan uchrashuv yakunda davlat rahbarlari qo‘shma “yo‘l xarita”larini tayyorlash va erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirish mexanizmlarini ta’sis etishga topshiriq berdilar.