https://oz.sputniknews.uz/20230822/ozbekiston-falastin-tashqi-ishlar-vazirliklar-38077053.html
O‘zbekiston va Falastin tashqi ishlar vazirliklari hamkorlik o‘rnatdi
O‘zbekiston va Falastin tashqi ishlar vazirliklari hamkorlik o‘rnatdi
Sputnik O‘zbekiston
Baxtiyor Saidov Falastin tashqi ishlar vaziri Riad Malki bilan uchrashdi.
2023-08-22T08:36+0500
2023-08-22T08:36+0500
2023-08-22T13:11+0500
siyosat
o‘zbekiston
falastin
o‘zbekiston tiv
baxtiyor saidov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/15/38074864_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_98ad06494a7bfe71b31863976eb0bf4b.jpg
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. O‘zbekiston va Falastin tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar to‘g‘risida Bayonnoma imzolandi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Falastin tashqi ishlar va ekspatriantlar vaziri Riad Malki bilan uchrashuv o‘tkazdi.Uchrashuvda ikki xalq o‘rtasidagi asrlar davomida shakllangan tarixiy rishtalar ko‘plab yo‘nalishlarda aloqalarni kengaytirish uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.Tomonlar O‘zbekiston va Falastin bozorlarini kashf qilishda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini tasdiqlashdi.Hujjatda ikki tomonlama munosabatlarning ustuvor yo‘nalishlari, erishiladigan aniq maqsadlar va asosiy qadamlar belgilangan.Mazkur hujjat o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish yo‘lida muhim o‘rin tutishiga ishonch bildirildi.
o‘zbekiston
falastin
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/15/38074864_188:43:1090:720_1920x0_80_0_0_ec1b065576bc30a35fa955bcf4037d81.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston falastin tashqi ishlar vazirligi baxtiyor saidov riad malki
o‘zbekiston falastin tashqi ishlar vazirligi baxtiyor saidov riad malki
O‘zbekiston va Falastin tashqi ishlar vazirliklari hamkorlik o‘rnatdi
08:36 22.08.2023 (yangilandi: 13:11 22.08.2023) Baxtiyor Saidov Falastin tashqi ishlar vaziri Riad Malki bilan uchrashdi.
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. O‘zbekiston va Falastin tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar to‘g‘risida Bayonnoma imzolandi, deya xabar berdi vazirlik
matbuot xizmati. Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Falastin tashqi ishlar va ekspatriantlar vaziri Riad Malki bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda ikki xalq o‘rtasidagi asrlar davomida shakllangan tarixiy rishtalar ko‘plab yo‘nalishlarda aloqalarni kengaytirish uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.
Tomonlar O‘zbekiston va Falastin bozorlarini kashf qilishda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini tasdiqlashdi.
“Keng qamrovli uchrashuv yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va Falastin tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar to‘g‘risida Bayonnoma imzolandi”, - deyiladi xabarda.
Hujjatda ikki tomonlama munosabatlarning ustuvor yo‘nalishlari, erishiladigan aniq maqsadlar va asosiy qadamlar belgilangan.
Mazkur hujjat o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish yo‘lida muhim o‘rin tutishiga ishonch bildirildi.