O‘qituvchilarni maktabga qaytarish prezidentimizning orzusi edi — Saida Mirziyoyeva
13:49 22.08.2023 (yangilandi: 13:56 22.08.2023)
© Ministerstvo doshkolnogo i shkolnogo obrazovaniyaBoshlang‘ich sinflar uchun tayyorlangan zamonaviy darsliklar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
© Ministerstvo doshkolnogo i shkolnogo obrazovaniya
Obuna bo‘lish
Boshlang‘ich sinflar uchun tayyorlangan zamonaviy darsliklar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Toshkent shahridagi 60-umumta’lim maktabida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan boshlang‘ich sinflar uchun tayyorlangan zamonaviy darsliklar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
© Ministerstvo doshkolnogo i shkolnogo obrazovaniyaOrganizovana vistavka sovremennix uchebnikov, podgotovlennix dlya nachalnix klassov.
© Ministerstvo doshkolnogo i shkolnogo obrazovaniya
Tadbirda Saida Mirziyoyeva, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova hamda soha vakillari ishtirok etdi.
“Yurtimizda ta’limga katta e’tibor berilayotganligi sababli ayni vaqtda maktablarimiz infratuzilmasi kundan-kun yaxshilanib borapti. O‘qituvchilarni maktabga qaytarish prezidentimizning armoni va orzusi edi. Bugun o‘qituvchi darsda. Endi ularga tajriba, bilim va o‘qitish uchun dasturlar, metodika va darsliklar kerak. Bu yil boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining darsliklari tubdan yangilanyapti”, - dedi Saida Mirziyoyeva.
© Ministerstvo doshkolnogo i shkolnogo obrazovaniyaOrganizovana vistavka sovremennix uchebnikov, podgotovlennix dlya nachalnix klassov.
© Ministerstvo doshkolnogo i shkolnogo obrazovaniya
Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi metodika asosida Toshkentda 300 nafar ilg‘or pedagog o‘z malakasini oshirdi.
Vazir Hilola Umarova so‘nggi yillarda tizimda olib borilayotgan islohotlar natijasida ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning moddiy-ma’naviy sharoiti tubdan yaxshilanib borayotgani hamda maktablarda ta’lim-tarbiya sifatini oshirishning zamonaviy texnologiyalari joriy qilinayotganligini aytib o‘tdi.
© Ministerstvo doshkolnogo i shkolnogo obrazovaniyaOrganizovana vistavka sovremennix uchebnikov, podgotovlennix dlya nachalnix klassov.
© Ministerstvo doshkolnogo i shkolnogo obrazovaniya
Tadbir davomida kimyo, biologiya va fizika fanlaridan tayyorlangan virtual laboratoriyaning taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Shu bilan birga “Global Teacher Prize” tanlovining milliy bosqichiga start berildi.
© Ministerstvo doshkolnogo i shkolnogo obrazovaniyaOrganizovana vistavka sovremennix uchebnikov, podgotovlennix dlya nachalnix klassov.
© Ministerstvo doshkolnogo i shkolnogo obrazovaniya