Mirziyoyev Bokudagi Haydar Aliyev qabrini ziyorat qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMirziyoyev posetil mogilu Geydara Aliyeva v Baku
Mirziyoyev posetil mogilu Geydara Aliyeva v Baku - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.08.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Ozarbayjon xalqi milliy yetakchisi haykali poyiga gul qo‘ydi.
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Ozarbayjonda davlat tashrifi bilan bo‘lib turgan Shavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyeva bilan Haydar Aliyev qabrini ziyorat qildi, deb yozadi Sputnik Ozarbayjon.
Shavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyeva bilan Faxriy xiyobonga tashrif buyurib, Haydar Aliyev va uning umr yo‘ldoshi Zarifa Aliyeva xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekiston rahbari davlat tashrifi bilan Bokuga keldi.
© Sputnik AzerbaydjanShavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyeva bilan Bokuga keldi.
Shavkat Mirziyoyev pribil s gosudarstvennim vizitom v Baku - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.08.2023
Shavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyeva bilan Bokuga keldi.
Ikki davlatning davlat bayroqlari hilpirab turgan Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.
Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasini Ozarbayjon bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yaqub Ayubov, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Elnur Mammadov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Yangiliklar lentasi
0