Lavrov BRIKS sammitida ishtirok etish uchun Janubiy Afrikaga yetib bordi – video

Obuna bo‘lish
BRIKS sammiti 22-24 avgust kunlari Yoxannesburgda bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Janubiy Afrika Respublikasining Yoxannesburg shahriga yetib bordi. Lavrov u yerda BRIKS sammitida ishtirok etadi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
BRIKS sammiti 22-24 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. U yerga Xitoy, Hindiston, Braziliya yetakchilari tashrif buyuradi. Rossiya nomidan esa mamlakat tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov qatnashadi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin sammitda onlayn ishtirok etishini ma’lum qilgan.
Sammit kun tartibining asosiy mavzulari tashkilot safi kengayishi va milliy valyutalardagi hisob-kitoblarga o‘tish masalalari bo‘lishi kutilmoqda.
Bugungi kunda BRIKS Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrikani birlashtiradi. So‘nggi paytlarda bu tashkilotga a’zo bo‘lish istagini bildirgan mamlakatlar soni ortib bormoqda. Argentina, Eron, Jazoir, Tunis, Turkiya, Saudiya Arabistoni va Misr shulardan jumlasidan.
Yangiliklar lentasi
0