Farg‘onada “Arablar shaharchasi” qurilishi mumkin

© Flickr / t_y_lPamatnik v Fergane
Pamatnik v Fergane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.08.2023
Obuna bo‘lish
Bu maskanni Farg‘ona shahri va Chimon sanatoriyasi o‘rtasidagi adirliklarda 15 gektar yer maydonda barpo etish mo‘ljallanmoqda.
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Farg‘ona vodiysida “Arablar shaharchasi” turistik dam olish maskani barpo etilishi mumkin. Uni saudiyalik tadbirkor Yusuf Turkistoniy qurishni rejalashtirmoqda.
“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, O‘zbekistonning Jidda shahridagi Bosh konsulxonasi mamlakat turizm infratuzilmasini rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida Yusuf Turkistoniy bilan uchrashuv o‘tkazgan.
Suhbat davomida mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar, iqtisodiyotni liberallashtirish va tashqi savdoni rivojlantirish yo‘lidagi islohotlar, xorijiy investorlar uchun yaratilgan biznes-qulayliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.
“O‘z navbatida, Yusuf Turkistoniy O‘zbekistondagi biznesini kengaytirish harakatida ekanligini ma’lum qildi. Jumladan, ayni paytda u Farg‘ona vodiysida “Arablar shaharchasi” nomi ostida turistik dam olish maskanini barpo etishni rejalashtirmoqda”, - deyilgan xabarda.
Bu turistik maskanni Farg‘ona shahri va Chimon sanatoriyasi o‘rtasidagi adirliklarda 15 gektar yer maydonda barpo etish mo‘ljallanmoqda. Loyihaning umumiy qiymati qariyb 3 million dollarni tashkil etadi.
Tadbirkor sentabr oyida O‘zbekistonga kelishni rejalashtirgan.
Yangiliklar lentasi
0