Bayden yong‘inda xotini va mushugini yo‘qotishiga sal qolgani haqida gapirdi

© AFP 2023 / MANDEL NGANPrezident SShA Djo Bayden vo vremya vistupleniya v Laxayne, Gavayi. 21-avgusta 2023
Prezident SShA Djo Bayden vo vremya vistupleniya v Laxayne, Gavayi. 21-avgusta 2023 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.08.2023
Obuna bo‘lish
Baydenning so‘zlaridan farqli o‘laroq, Amerika ommaviy axborot vositalari senator Baydenning uyida 2004-yilda sodir bo‘lgan kichik yong‘in haqida xabar beradi.
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden Maui orolidagi dahshatli yong‘inlardan so‘ng so‘zlagan nutqida uyidagi 19-yil avvalgi yong‘inda rafiqasi, mashinasi va mushugini yo‘qotishiga sal qolgani haqida so‘zlab berdi. AQSh ommaviy axborot vositalarida esa 2004-yilgi voqea oshxonadagi kichik yong‘in sifatida tasvirlanadi.

“Chaqmoq uyni, uy tashqarisidagi kichik ko‘lni urib, elektr simlariga zarar yetkazdi... qisqasi, rafiqamni, 67-yilgi Corvette’ni (mashina – tahr.) va mushugimni yo‘qotib qo‘yishimga sal qoldi”, — dedi Amerika prezidenti gap “15 yil oldingi” yong‘in haqida ketayotganini ta’kidlab.

Baydenning so‘zlaridan farqli o‘laroq, Amerika ommaviy axborot vositalari senator Baydenning uyida 2004-yilda sodir bo‘lgan kichik yong‘in haqida xabar beradi.
2004 yildan saqlanib qolgan Associated Press nashriga ko‘ra, “senator Jozef Baydenning uyiga chaqmoq urib, oshxonada kichik yong‘in kelib chiqqan”. Bundan tashqari, nashr Delaver shtatidagi uy yonib ketganida, “hech kim jabrlanmaganini”, yong‘in 20 daqiqada nazoratga olinganini, o‘t o‘chiruvchilarni Baydenning rafiqasi Jillning o‘zi chaqirganini ta’kidlagan.
O‘rmon yong‘inlari 9-avgust kuni AQShning Gavayi shtatidagi Maui orolida boshlangan. Kuchli shamol tufayli yong‘in tezlik bilan Laxayna sayyohlik shahriga o‘tib, u butunlay yonib ketgan. Kamida 4,5 ming kishi uy-joysiz qolgan. 114 kishi halok bo‘lgani ma’lum. Mingdan ortiq odam bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida.
Yangiliklar lentasi
0