https://oz.sputniknews.uz/20230819/hindiston-shifokor-ozbekiston-noyob-jarrohlik-operatsiyasi-38014555.html
Hindistonlik shifokorlar O‘zbekistonda ilk bor noyob jarrohlik operatsiyasini o‘tkazmoqchi
Hindistonlik shifokorlar O‘zbekistonda ilk bor noyob jarrohlik operatsiyasini o‘tkazmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda birinchi marta ikki tomonlama sonni almashtirish operatsiyasi o‘tkaziladi.
2023-08-19T11:21+0500
2023-08-19T11:21+0500
2023-08-19T11:21+0500
jamiyat
o‘zbekiston
hindiston
shifokor
jarrohlik amaliyoti
tibbiyot muassasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/02/21201625_0:0:3068:1727_1920x0_80_0_0_661d23d661c044104e00e3eeb6878b9d.jpg
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Hindistonlik shifokorlar O‘zbekistonda ilk bor noyob jarrohlik operatsiyasini o‘tkazadi, deya xabar berdi “Dunyo” AA.Shu kunlarda "Aakash Healthcare" ixtisoslashtirilgan shifoxonasi jarrohlar guruhi mazkur kompaniyaning Toshkent shahridagi ko‘p tarmoqli filialida innovatsion jarrohlik kunlarida qatnashmoqda.Shifoxona boshqaruvchi direktori doktor Aashish Chaudhri boshchiligidagi to‘qqiz nafar yuqori malakali jarroh 17-19 avgust kunlari keng ko‘lamli operatsiyalarni o‘tkazmoqda.Ushbu jarayonda 30 dan ortiq operatsiya o‘tkazish rejalashtirilgan va ularning 28 tasi ortopediya yo‘nalishiga taalluqli bo‘ladi.“Ushbu murakkab operatsiyalarga tayyorgarlik 7-8 oy davom etdi. Mazkur tibbiy amaliyotlar O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tarixida yangi bosqichni boshlab bermoqda", – deya qo‘shimcha qildi doktor Aashish Chaudhri.Ma’lumot uchun, "Aakash Healthcare" kompaniyasi Toshkentda zamonaviy tibbiyot shaharchasini yaratishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Hindistonlik hamkorlar rejasiga ko‘ra, uning doirasida eng yangi infratuzilma va tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlangan, malakali shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlari mehnat qiladigan zamonaviy shifoxona, hamshiralar tayyorlaydigan o‘quv muassasasi va boshqa tuzilmalar barpo etiladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/02/21201625_305:0:3036:2048_1920x0_80_0_0_0affdc46a8a821c4a83b9e92da38f9d4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hindiston shifokorlar o‘zbekiston ilk bor noyob jarrohlik operatsiyasi aakash healthcare ixtisoslashtirilgan shifoxonasi
hindiston shifokorlar o‘zbekiston ilk bor noyob jarrohlik operatsiyasi aakash healthcare ixtisoslashtirilgan shifoxonasi
Hindistonlik shifokorlar O‘zbekistonda ilk bor noyob jarrohlik operatsiyasini o‘tkazmoqchi
O‘zbekistonda birinchi marta ikki tomonlama sonni almashtirish operatsiyasi o‘tkaziladi.
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Hindistonlik shifokorlar O‘zbekistonda ilk bor noyob jarrohlik operatsiyasini o‘tkazadi, deya xabar berdi
“Dunyo” AA. Shu kunlarda "Aakash Healthcare" ixtisoslashtirilgan shifoxonasi jarrohlar guruhi mazkur kompaniyaning Toshkent shahridagi ko‘p tarmoqli filialida innovatsion jarrohlik kunlarida qatnashmoqda.
Shifoxona boshqaruvchi direktori doktor Aashish Chaudhri boshchiligidagi to‘qqiz nafar yuqori malakali jarroh 17-19 avgust kunlari keng ko‘lamli operatsiyalarni o‘tkazmoqda.
Ushbu jarayonda 30 dan ortiq operatsiya o‘tkazish rejalashtirilgan va ularning 28 tasi ortopediya yo‘nalishiga taalluqli bo‘ladi.
“O‘zbekistonda birinchi marta ikki tomonlama sonni almashtirish operatsiyasi o‘tkaziladi va mazkur amaliyot zamonaviy ilg‘or tibbiyot namunasiga aylanadi”, deyiladi xabarda.
“Ushbu murakkab operatsiyalarga tayyorgarlik 7-8 oy davom etdi. Mazkur tibbiy amaliyotlar O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tarixida yangi bosqichni boshlab bermoqda", – deya qo‘shimcha qildi doktor Aashish Chaudhri.
Ma’lumot uchun, "Aakash Healthcare" kompaniyasi Toshkentda zamonaviy tibbiyot shaharchasini yaratishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Hindistonlik hamkorlar rejasiga ko‘ra, uning doirasida eng yangi infratuzilma va tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlangan, malakali shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlari mehnat qiladigan zamonaviy shifoxona, hamshiralar tayyorlaydigan o‘quv muassasasi va boshqa tuzilmalar barpo etiladi.