https://oz.sputniknews.uz/20230818/eoii-misr-erkin-savdo-zonasi-37994069.html
YeOII va Misr erkin savdo zonasini tezroq yaratishga tayyorligini tasdiqladi
YeOII va Misr erkin savdo zonasini tezroq yaratishga tayyorligini tasdiqladi
Sputnik O‘zbekiston
Moskvada Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Misr erkin savdo zonasi to‘g‘risida bitim tuzishga oid muzokaralarning oltinchi raundi bo‘lib o‘tdi.ittifoqi Ittifoq 2014-yilda Rossiya, Belarus va Qozog‘iston o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Bu ittifoqqa 2015-yilda Armaniston va Qirg‘iziston a’zo bo‘lgan, Moldova va Kuba kuzatuvchi maqomiga ega. O‘zbekiston 2020-yil dekabr oyida YeOIIda kuzatuvchi davlat maqomini olgan edi.
2023-08-18T14:41+0500
2023-08-18T14:41+0500
2023-08-18T14:41+0500
iqtisod
yeoii
misr
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/12/37992854_0:80:1400:868_1920x0_80_0_0_e5d7a0c6da8fe351c55255605804df0e.jpg
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Moskvada Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Misr erkin savdo zonasi to‘g‘risida bitim tuzishga oid muzokaralarning oltinchi raundi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati xabar qildi.Ta’kidlanishicha, ittifoqqa a’zo davlatlar va Misr o‘rtasida yaqin savdo-iqtisodiy aloqalar mavjud. Bu bugungi geosiyosiy jihatdan murakkab davrda ham tovarlarning keng turi bo‘yicha o‘zaro savdoni amalga oshirishga yordam bermoqda.Shuningdek, bitim mamlakatlar o‘rtasida investitsiyalar o‘sishiga ko‘maklashishi qayd etilgan.Tomonlar muzokaralar yakunida katta imkoniyatlar yaratuvni bitimni imzolashga tayyorliklarini bildirishdi.“Bitim loyihasi asosiy qismlari boblarini kelishish borasida sezilarli oldinga siljishga erishildi. Qolgan masalalarni sessiyalararo formatda tez orada ko‘rib chiqish xususidagi keyingi rejalar to‘g‘risida kelishib oldik”, - dedi YeIKing savdo siyosati departamenti direktori o‘rinbosari Mixail Cherekayev.Avvalroq Rossiya TIV iqtisodiy hamkorlik departamenti direktori Dmitriy Birichevskiy Lotin Amerikasi va Afrika mamlakatlari YeOII bilan imtiyozli savdo-sotiq qilishga qiziqish bildirayotganini ma’lum qilgan edi.“Hozir Misr, BAA va Indoneziya bilan savdo-sotiqni liberalizatsiya qilish borasida rasmiy muzokaralar olib borilmoqda”, - degan edi diplomat.Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) 2014-yilda Rossiya, Belarus va Qozog‘iston o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Bu ittifoqqa 2015-yilda Armaniston va Qirg‘iziston a’zo bo‘lgan, Moldova va Kuba kuzatuvchi maqomiga ega. O‘zbekiston 2020-yil dekabr oyida YeOIIda kuzatuvchi davlat maqomini olgan edi.YeOIIning maqsadi — a’zo davlatlar aholisining turmush darajasini yuksaltirish borasida barqaror rivojlanish uchun sharoitlar yaratish, tovarlar, xizmatlar, kapital va ish resurslarining yagona bozorini shakllantirishga harakat qilish, global iqtisodiyot sharoitida milliy iqtisodiyotlarning raqobatbardoshligini oshirish, har tomonlama modernizatsiyalash va o‘zaro kooperatsiyani rivojlantirishdan iborat.
https://oz.sputniknews.uz/20230817/ozbekiston-eksportida-eoii-mamlakatlari-ulushi-qancha-37962221.html
misr
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/12/37992854_135:0:1347:909_1920x0_80_0_0_aa864806ef272e59c624731510a461b1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi yeoii misr o‘zbekiston ma’lumot
yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi yeoii misr o‘zbekiston ma’lumot
YeOII va Misr erkin savdo zonasini tezroq yaratishga tayyorligini tasdiqladi
YeOII va Misr erkin savdo zonasi to‘g‘risida bitimni muhokama qildi.
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Moskvada Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Misr erkin savdo zonasi to‘g‘risida bitim tuzishga oid muzokaralarning oltinchi raundi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati
xabar qildi. Ta’kidlanishicha, ittifoqqa a’zo davlatlar va Misr o‘rtasida yaqin savdo-iqtisodiy aloqalar mavjud. Bu bugungi geosiyosiy jihatdan murakkab davrda ham tovarlarning keng turi bo‘yicha o‘zaro savdoni amalga oshirishga yordam bermoqda.
“Bo‘lajak kelishuv Misrni Afrikaga "darvoza" deb biladigan YeOII korxonalariga misrlik sheriklar bilan hamkorlikni kengaytirish uchun zarur asos yaratadi”, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, bitim mamlakatlar o‘rtasida investitsiyalar o‘sishiga ko‘maklashishi qayd etilgan.
Tomonlar muzokaralar yakunida katta imkoniyatlar yaratuvni bitimni imzolashga tayyorliklarini bildirishdi.
“Bitim loyihasi asosiy qismlari boblarini kelishish borasida sezilarli oldinga siljishga erishildi. Qolgan masalalarni sessiyalararo formatda tez orada ko‘rib chiqish xususidagi keyingi rejalar to‘g‘risida kelishib oldik”, - dedi YeIKing savdo siyosati departamenti direktori o‘rinbosari Mixail Cherekayev.
Avvalroq Rossiya TIV iqtisodiy hamkorlik departamenti direktori Dmitriy Birichevskiy Lotin Amerikasi va Afrika mamlakatlari YeOII bilan imtiyozli savdo-sotiq qilishga qiziqish bildirayotganini
ma’lum qilgan edi.“Hozir Misr, BAA va Indoneziya bilan savdo-sotiqni liberalizatsiya qilish borasida rasmiy muzokaralar olib borilmoqda”, - degan edi diplomat.
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) 2014-yilda Rossiya, Belarus va Qozog‘iston o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Bu ittifoqqa 2015-yilda Armaniston va Qirg‘iziston a’zo bo‘lgan, Moldova va Kuba kuzatuvchi maqomiga ega. O‘zbekiston 2020-yil dekabr oyida YeOIIda kuzatuvchi davlat maqomini olgan edi.
YeOIIning maqsadi — a’zo davlatlar aholisining turmush darajasini yuksaltirish borasida barqaror rivojlanish uchun sharoitlar yaratish, tovarlar, xizmatlar, kapital va ish resurslarining yagona bozorini shakllantirishga harakat qilish, global iqtisodiyot sharoitida milliy iqtisodiyotlarning raqobatbardoshligini oshirish, har tomonlama modernizatsiyalash va o‘zaro kooperatsiyani rivojlantirishdan iborat.