Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

O‘zbekiston eksportida YeOII ulushi qancha

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston eksportining asosiy qismi an’anaviy ravishda Rossiyaga to‘g‘ri keladi — 1,2 milliard dollar. Ushbu ko‘rsatkich so‘nggi 3-yil ichida ikki baravar o‘sdi.
2023 yilning birinchi yarmida O‘zbekiston YeOII mamlakatlariga 2,4 milliard dollardan ortiq mahsulot va xizmatlar eksport qildi.
O‘zbekistonning YeOII mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi qariyb 7,4 milliard dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12,5 foizga ko‘p. Shundan O‘zbekiston eksport hajmi 2,4 milliard dollarni tashkil etdi.
Eksportning asosiy qismi an’anaviy ravishda Rossiyaga to‘g‘ri keladi — 1,2 milliard dollar. Bu 2020-yilga nisbatan (663 million dollar) deyarli ikki baravar ko‘pdir.
YeOII — mintaqaviy iqtisodiy integratsiya tashkiloti bo‘lib, 2014-yil 29-mayda rasman tashkil topgan. Hozirgi vaqtda YeOIIga beshta davlat a’zo bo‘lgan: Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya Federatsiyasi. YeOII tovarlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchi harakati erkinligini, iqtisodiyot tarmoqlarini muvofiqlashtirishni nazarda tutadi.
Yangiliklar lentasi
0