Mirziyoyev Qozog‘iston tashqi ishlar vazirini qabul qildi — muhokama etilgan masalalar
19:02 17.08.2023 (yangilandi: 19:23 17.08.2023)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMirziyoyev Qozog‘iston tashqi ishlar vazirini qabul qildi
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev uchrashuvda Qozog‘iston bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi.
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vazirining o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleuni qabul qildi.
Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, yangi amaliy mazmun bilan boyitish masalalari ko‘rib chiqildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMirziyoyev Qozog‘iston tashqi ishlar vazirini qabul qildi
Mirziyoyev Qozog‘iston tashqi ishlar vazirini qabul qildi
Suhbat avvalida tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu davlat rahbariga Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMirziyoyev Qozog‘iston tashqi ishlar vazirini qabul qildi.
Mirziyoyev Qozog‘iston tashqi ishlar vazirini qabul qildi.
“O‘zbekiston yetakchisi keyingi yillarda ikki tomonlama hamkorlikda yuksak darajaga erishilgani, jumladan, parlamentlar, hukumatlar, hududiy ma’muriyatlar, jamoatchilik va tadbirkorlar darajasida sermahsul muloqotlar amalga oshirilayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi”, - deyiladi xabarda.
Uchrashuvda quyidagi choralarni ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi:
siyosiy muloqotlarni yanada faollashtirish;
iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridagi loyihalarni jadallashtirish;
gumanitar almashinuv dasturlarini kengaytirish;
Markaziy Osiyo mintaqasida yaxshi qo‘shnichilik va sheriklikni mustahkamlash.