O‘zbekiston va Qozog‘iston TIV rahbarlari qator hamkorlik masalalarini muhokama qildi

© Press-slujba MID UzbekistanaBaxtiyor Saidov va Murat Nurtleu
Baxtiyor Saidov va Murat Nurtleu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirliklari yaqin hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga tayyorligini bildirdi.
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov qozog‘istonlik hamkasbi Murat Nurtleu uchrashdi.
Saidov uchrashuv samarali va kun tartibi keng qamrovli bo‘lganini ma’lum qildi.
“Oliy darajada erishilgan barcha kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, jumladan, o‘zaro savdo hajmini 10 mlrd dollarga yetkazishga alohida e’tibor qaratdik”, - deya yozdi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘zining Telegram-kanalida.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston va Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirliklari barcha sohalardagi yaqin hamkorlikni istisnosiz yanada chuqurlashtirish uchun zarur sa’y-harakatlarini safarbar qilishga tayyor.
© Press-slujba MID UzbekistanaBaxtiyor Saidov qozog‘istonlik hamkasbi Murat Nurtleu uchrashdi
Vstrecha ministra inostrannix del Respubliki Uzbekistan Baxtiyera Saidova s ministrom inostrannix del Kazaxstana E.P. Muratom Nurtleu. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2023
Baxtiyor Saidov qozog‘istonlik hamkasbi Murat Nurtleu uchrashdi
Vazirlar mamlakatlar o‘rtasidagi transport aloqalaridagi foydalanilmayotgan ulkan salohiyat, Markaziy Osiyoning xalqaro tranzit imkoniyati va oziq-ovqat xavfsizligini muhokama qilgan.
Qolaversa, akademik va bilim almashinuvi, barqaror rivojlanishni ta’minlash, mintaqaviy farovonlik va xavfsizlikni saqlash bo‘yicha hamkorlik masalalariga e’tibor qaratilgan.
Uchrashuv yakunida aloqalarni sezilarli natijalar bilan boyitishga qaratilgan O‘zbekiston va Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi.
Hujjat O‘zbekiston va Qozog‘iston keng qamrovli kun tartibining barcha yo‘nalishlarini qamrab oladi.
Avvalroq Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu Toshkentga kelgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0