https://oz.sputniknews.uz/20230816/samarqand-hindiston-saraton-markazi-tashkil-etish-37896035.html
O‘zbekiston va Hindiston Samarqandda saraton markazi ochmoqchi — tafsilotlar
O‘zbekiston va Hindiston Samarqandda saraton markazi ochmoqchi — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Onkologiya markaziga yuqori malakali mutaxassislar jalb etiladi.
2023-08-16T06:59+0500
2023-08-16T06:59+0500
2023-08-16T08:47+0500
jamiyat
o‘zbekiston
hindiston
samarqand
tibbiyot muassasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/75/01/750158_0:0:1500:844_1920x0_80_0_0_b4dd65e2151709bdb64ae352760836df.jpg
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. O‘zbekiston va Hindiston Samarqandda zamonaviy saraton markazi tashkil etishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi “Dunyo” AA.O‘zbekiston elchixonasi, Samarqand viloyati hokimligi va Hindistonning "Stemz Healthcare Pvt Ltd" kompaniyasi vakillari o‘rtasida videokonferensaloqa shaklida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.Tomonlar Samarqand shahrida zamonaviy onkologiya markazini barpo etish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi.Onkologiya markazi zamonaviy va ilg‘or texnologiyalar bilan ta’minlanishi, uning faoliyatiga yuqori malakali mutaxassislar jalb etilishi, o‘zbekistonlik tibbiyotchilarning kasb mahoratini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilishi qayd etildi.Hind kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaning Samarqand shahriga yaqin muddatlarda safarini tashkil qilish bo‘yicha kelishib olindi.Ma’lumot uchun, bugungi kunda Samarqand shahrida "Zarmed Pratiksha Hospital Group" O‘zbekiston-Hindiston ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi faoliyat ko‘rsatmoqda.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/75/01/750158_188:0:1313:844_1920x0_80_0_0_3b3c623d1326ba9e7c83547b17b6d676.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
samarqand hindiston hamkorlik saraton markazi o‘zbekiston samarqand viloyati hokimligi o‘zbekiston elchixonasi "stemz healthcare pvt ltd" kompaniya
samarqand hindiston hamkorlik saraton markazi o‘zbekiston samarqand viloyati hokimligi o‘zbekiston elchixonasi "stemz healthcare pvt ltd" kompaniya
O‘zbekiston va Hindiston Samarqandda saraton markazi ochmoqchi — tafsilotlar
06:59 16.08.2023 (yangilandi: 08:47 16.08.2023) Onkologiya markaziga yuqori malakali mutaxassislar jalb etiladi.
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. O‘zbekiston va Hindiston Samarqandda zamonaviy saraton markazi tashkil etishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi
“Dunyo” AA. O‘zbekiston elchixonasi, Samarqand viloyati hokimligi va Hindistonning "Stemz Healthcare Pvt Ltd" kompaniyasi vakillari o‘rtasida videokonferensaloqa shaklida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar Samarqand shahrida zamonaviy onkologiya markazini barpo etish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi.
“Kompaniyasi boshqaruvchi direktori Raman Sodhi o‘zbekistonlik hamkasblar bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanini, bo‘lajak qo‘shma klinikani tashkil qilish bilan bog‘liq masalalar o‘rganilayotganini ma’lum qildi”, deyiladi xabarda.
Onkologiya markazi zamonaviy va ilg‘or texnologiyalar bilan ta’minlanishi, uning faoliyatiga yuqori malakali mutaxassislar jalb etilishi, o‘zbekistonlik tibbiyotchilarning kasb mahoratini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilishi qayd etildi.
Hind kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaning Samarqand shahriga yaqin muddatlarda safarini tashkil qilish bo‘yicha kelishib olindi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda Samarqand shahrida "Zarmed Pratiksha Hospital Group" O‘zbekiston-Hindiston ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi faoliyat ko‘rsatmoqda.