https://oz.sputniknews.uz/20230810/stiven-king-hikoyasini-bir-dollarga-sotib-olgan-yosh-rejissyor-orzulari--intervyu--37742500.html
Stiven King hikoyasini bir dollarga sotib olgan yosh rejissor orzulari — intervyu
Stiven King hikoyasini bir dollarga sotib olgan yosh rejissor orzulari — intervyu
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik kinorejisser sifatida butun dunyo tomosha qiladigan filmlar suratga olishni orzu qilaman, deydi Gulnora Ivanova.
2023-08-10T18:00+0500
2023-08-10T18:00+0500
2023-08-10T18:00+0500
madaniyat
o‘zbekiston
o‘zbek kino
rejisser
video
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/0a/37734687_0:0:1281:720_1920x0_80_0_0_e2d16a3ea3e10b7d1dfc9842e931b7c7.jpg
O‘zbekistonlik yosh kinorejissor Gulnora Ivanova yaqinda amerikalik mashhur yozuvchi Stiven Kingning “Qo‘l berib ko‘rishmaydigan odam” hikoyasini suratga olish huquqini 1 dollarga sotib oldi. Buning uchun u yozuvchi e’lon qilgan tanlovda ishtirok etgan. Bu xabar O‘zbekistonda keng tarqalganidan so‘ng Gulnora ham mashhur bo‘ldi. Tanlov shartiga ko‘ra, endi u bir yil ichida ushbu asar bo‘yicha qisqa metrajli film suratga olib uni taqdim etishi kerak. Yosh rejissor aytishiga ko‘ra, hozir uning ixtiyorida kino suratga olish uchun kerakli hamma narsa bor, lekin mablag‘ yetishmayapti. “Jamoa bor. Hikoya bor. Ishtiyoq bor. Ammo pul yo‘q. Pul borasida qiyinchiliklar bo‘ldi”, - deydi Gulnora. Oxir-oqibat uning otasi boshqa maqsadlar uchun yig‘ib qo‘ygan pullarini berishga qaror qiladi. Ayni damda filmni suratga olish davom etmoqda. Gulnoraning orzusi — butun dunyoga aynan o‘zbekistonlik kinorejissor sifatida mashhur bo‘lish. "Men aynan o‘zbekistonlik kinorejissor sifatida butun dunyo tomosha qiladigan filmlar suratga olishni orzu qilaman. Umid qilamanki, bu istagim so‘nmaydi", - deydi rejissor. Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK) bitiruvchisi Gulnora Ivanova tanlovda qanday g‘olib bo‘lgani va nimalarni orzu qilishi haqida batafsil Sputnik intervyusida tomosha qiling.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/0a/37734687_0:0:961:720_1920x0_80_0_0_1a1b1b32c20bc58640bb60f4ba217d68.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekistonlik kino rejisser film suratga olish orzu gulnora ivanova
o‘zbekistonlik kino rejisser film suratga olish orzu gulnora ivanova
Stiven King hikoyasini bir dollarga sotib olgan yosh rejissor orzulari — intervyu
Eksklyuziv
O‘zbekistonlik rejissor sifatida butun dunyo tomosha qiladigan filmlar suratga olishni orzu qilaman, deydi Gulnora Ivanova.
O‘zbekistonlik yosh kinorejissor Gulnora Ivanova yaqinda amerikalik mashhur yozuvchi Stiven Kingning “Qo‘l berib ko‘rishmaydigan odam” hikoyasini suratga olish huquqini 1 dollarga sotib oldi. Buning uchun u yozuvchi e’lon qilgan tanlovda ishtirok etgan.
Bu xabar O‘zbekistonda keng tarqalganidan so‘ng Gulnora ham mashhur bo‘ldi. Tanlov shartiga ko‘ra, endi u bir yil ichida ushbu asar bo‘yicha qisqa metrajli film suratga olib uni taqdim etishi kerak. Yosh rejissor aytishiga ko‘ra, hozir uning ixtiyorida kino suratga olish uchun kerakli hamma narsa bor, lekin mablag‘ yetishmayapti.
“Jamoa bor. Hikoya bor. Ishtiyoq bor. Ammo pul yo‘q. Pul borasida qiyinchiliklar bo‘ldi”, - deydi Gulnora. Oxir-oqibat uning otasi boshqa maqsadlar uchun yig‘ib qo‘ygan pullarini berishga qaror qiladi. Ayni damda filmni suratga olish davom etmoqda.
Gulnoraning orzusi — butun dunyoga aynan o‘zbekistonlik kinorejissor sifatida mashhur bo‘lish.
"Men aynan o‘zbekistonlik kinorejissor sifatida butun dunyo tomosha qiladigan filmlar suratga olishni orzu qilaman. Umid qilamanki, bu istagim so‘nmaydi", - deydi rejissor.
Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK) bitiruvchisi Gulnora Ivanova tanlovda qanday g‘olib bo‘lgani va nimalarni orzu qilishi haqida batafsil Sputnik intervyusida tomosha qiling.