O‘zbekiston-Hindiston biznes-forumi o‘tkaziladi

Hindiston va O‘zbekiston bayroqlari
Hindiston va O‘zbekiston bayroqlari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2023
Obuna bo‘lish
Ikki mamlakatning investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, ilm-fan, ta’lim va turizm sohalaridagi aloqalarini yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. O‘zbekiston elchisi Dilshod Ahatov Hindiston Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi (FICCI) bosh kotibi Shalesh Pathak bilan uchrashdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekistonda xorijiy davlatlar ishbilarmon doiralari vakillari bilan hamkorlik qilish, ularning investitsiyaviy faoliyati uchun yaratilgan qulay sharoitlar, taqdim etilayotgan imtiyozlar va preferensiyalar, O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni amalga oshirayotgan Hindiston kompaniyalarining muvaffaqiyatli tajribasi haqida batafsil ma’lumot taqdim etildi.
Ikki mamlakatning investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, ilm-fan, ta’lim va turizm sohalaridagi aloqalarini yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, Samarqand shahrida joriy yil 7-8 sentabr kunlari O‘zbekiston va BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan tashkil etilayotgan oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiya, 16-20 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan BMT Jahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasining 25-sessiyasi, yilning ushbu muhim sayyohlik anjumani doirasidagi Turizm investitsiya forumi kabi xalqaro tadbirlarda faol ishtirok etishga chaqirildi.
O‘z navbatida, Shalesh Pathak joriy yil 18-20 oktabr kunlari Toshkentda o‘tkaziladigan 7-to‘qimachilik va moda sanoati xalqaro ko‘rgazmasida bir guruh hindistonlik tadbirkorlarning ishtirok etishi hamda 1-avgust kuni elchixona, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va FICCI vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan onlayn-muloqotda erishilgan kelishuvga binoan O‘zbekiston-Hindiston biznes-forumini uyushtirish bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma’lum qildi.
Tadbirda O‘zbekistonning Dehlidagi elchixonasida FICCI va Hindiston Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda ushbu mamlakat yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazish, ularga O‘zbekistonda xorijlik tadbirkorlarning investitsiyaviy faoliyati uchun yaratilgan qulay sharoitlar haqida ma’lumot taqdim etish, yangi qo‘shma loyihalarni muhokama qilishga kelishib olindi.
Yangiliklar lentasi
0