https://oz.sputniknews.uz/20230810/dok-1-maks-jinoyat-bola-vafot-etgan-37745855.html
O‘zbekistonda “Dok-1 Maks”dan zaharlanish oqibatida 65 nafar bola vafot etgan
O‘zbekistonda “Dok-1 Maks”dan zaharlanish oqibatida 65 nafar bola vafot etgan
Sputnik O‘zbekiston
Ertaga “Dok-1 Maks” bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha ochiq sud jarayoni bo‘lib o‘tadi.
2023-08-10T18:19+0500
2023-08-10T18:19+0500
2023-08-10T18:20+0500
jamiyat
o‘zbekiston
sud
jinoyat
dori
hindiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/1d/31142922_0:161:3069:1887_1920x0_80_0_0_3911ef486aa0a543e98a7424494f5c56.jpg
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. O‘zbekistonda “Dok-1 Maks” bilan bog‘liq jinoyatlar oqibatida 65 nafar yosh bola vafot etgan. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.Ertaga, 11-avgust kuni “Dok-1 Maks” bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha ochiq sud jarayoni bo‘lib o‘tadi. U Toshkent shahar sudida soat 10.00 da boshlanadi. Unda “Quramax Medikal” MChJ direktori, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori va boshqalarga (jami 21 kishi) oid jinoyat ishi ko‘rib chiqiladi.Ayblanuvchilarning 16 nafari erkak va 5 nafari ayol bo‘lib, ularning 7 tasiga “qamoqqa olish”, 12 tasiga “munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat” va 2 tasiga “garov” tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilgan.Ular Jinoyat kodeksining 184, 28,186-3, 186-3, 25,205, 205, 207, 28,209, 209, 210, 211, 212, 228-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili O‘zbekistonda “Dok-1 Maks” siropini iste’mol qilish oqibatida 19 nafar bola vafot etganligi ma’lum qilingandi. SSV ishchi guruhi olib borgan dastlabki laborator o‘rganishlar “Dok-1 Maks” siropining tarkibida etilenglikol mavjudligini ko‘rsatgan. Bu modda zaharli bo‘lib, taxminan 1-2 ml/kg 95 foiz konsentrlangan eritmasi bemor salomatligida jiddiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Dori savdosi esa to‘xtatilgan.Davlat xavfsizlik xizmati Tergov boshqarmasi "Dok-1 Maks" bilan bog‘liq holat bo‘yicha “Quramax medical” va “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy ish ochgan.Ko‘p o‘tmay prezident Shavkat Mirziyoyev Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi rahbari Sardor Kariyevni ishdan ishdan oldi.Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Qizlarxon Begmatova “Dok-1 Maks” dori vositasi 2012-yildan beri O‘zbekistonda qo‘llanib kelingani, lekin so‘nggi seriyasida uning tarkibidagi qo‘shimcha moddalardan biri o‘zgarganini ma’lum qildi.Shu yilning 13-yanvar kuni Toshkent sudi “Quramax medical”ga farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyasini bekor qildi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/1d/31142922_169:0:2900:2048_1920x0_80_0_0_e361472d5cac2bc307eff702c72cd437.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
“dok-1 maks” jinoyat bola o‘lim dori sud
“dok-1 maks” jinoyat bola o‘lim dori sud
O‘zbekistonda “Dok-1 Maks”dan zaharlanish oqibatida 65 nafar bola vafot etgan
18:19 10.08.2023 (yangilandi: 18:20 10.08.2023) Ertaga “Dok-1 Maks” bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha ochiq sud jarayoni bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. O‘zbekistonda “Dok-1 Maks” bilan bog‘liq jinoyatlar oqibatida 65 nafar yosh bola vafot etgan. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati
xabar berdi. Ertaga, 11-avgust kuni “Dok-1 Maks” bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha ochiq sud jarayoni bo‘lib o‘tadi. U Toshkent shahar sudida soat 10.00 da boshlanadi. Unda “Quramax Medikal” MChJ direktori, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori va boshqalarga (jami 21 kishi) oid jinoyat ishi ko‘rib chiqiladi.
"Tasdiqlangan ayblov xulosasiga ko‘ra "Dok-1 Maks” bilan bog‘liq jinoyatlar oqibatida 65 nafar yosh bola vafot etgan", deyiladi xabarda.
Ayblanuvchilarning 16 nafari erkak va 5 nafari ayol bo‘lib, ularning 7 tasiga “qamoqqa olish”, 12 tasiga “munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat” va 2 tasiga “garov” tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilgan.
Ular Jinoyat kodeksining 184, 28,186-3, 186-3, 25,205, 205, 207, 28,209, 209, 210, 211, 212, 228-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili O‘zbekistonda “Dok-1 Maks” siropini iste’mol qilish oqibatida 19 nafar bola vafot etganligi ma’lum qilingandi. SSV ishchi guruhi olib borgan dastlabki laborator o‘rganishlar “Dok-1 Maks” siropining tarkibida etilenglikol mavjudligini
ko‘rsatgan. Bu modda zaharli bo‘lib, taxminan 1-2 ml/kg 95 foiz konsentrlangan eritmasi bemor salomatligida jiddiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Dori savdosi esa to‘xtatilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati Tergov boshqarmasi "Dok-1 Maks" bilan bog‘liq holat bo‘yicha “Quramax medical” va “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” mansabdor shaxslariga nisbatan
jinoiy ish ochgan.Ko‘p o‘tmay prezident Shavkat Mirziyoyev Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi rahbari Sardor Kariyevni ishdan
ishdan oldi.Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Qizlarxon Begmatova “Dok-1 Maks” dori vositasi 2012-yildan beri O‘zbekistonda qo‘llanib kelingani, lekin so‘nggi seriyasida uning tarkibidagi qo‘shimcha moddalardan biri o‘zgarganini
ma’lum qildi.Shu yilning 13-yanvar kuni Toshkent sudi “Quramax medical”ga farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyasini
bekor qildi.