Hindiston yana bir dori vositasini savdodan oldi — u O‘zbekistonda ham sotilganmi?

© unsplash.com/Towfiqu barbhuiyaSiropli dori vositasi
Siropli dori vositasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2023
Obuna bo‘lish
Hindistonning "Cold Out" yo‘tal va shamollashga qarshi siropi Iroqda o‘tkazilgan alohida sinovlarda muvaffaqiyatsizlikka uchragach, erkin savdodan qaytarib olingan.
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Hindistonning "Cold Out" dori vositasi O‘zbekistonda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan. Bu haqda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan Hindistonda ishlab chiqarilgan "Cold Out" yo‘tal va shamollashga qarshi zaharli sirop xavfidan ogohlantirish xabarlari tarqalmoqda.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, "Cold Out" siropi “Fourrts Laboratories” (Hindiston) tomonidan “Dabilife Pharma” uchun ishlab chiqarilgan bo‘lib, uning tarkibida toksinlar borligi qayd etilgan.
Shuningdek, Hindiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur dori vositasi Iroqda o‘tkazilgan alohida sinovlarda muvaffaqiyatsizlikka uchragach, erkin savdodan qaytarib olingan.

“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Hindiston tomonidan ishlab chiqarilgan mazkur dori vositasi O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligini ma’lum qilib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlar yuzasidan yurtdoshlarimiz xavotirga tushmasliklarini bildiradi”, - deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston qonuniga muvofiq, dori vositalarining, tibbiy buyumlarning va tibbiy texnikaning tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga, qoida tariqasida, ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin ruxsat etiladi.
O‘zbekistonda 2023-yil fevral oyidan boshlab, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan va kirib kelayotgan sirob shakldagi dori vositalari tarkibi dietilenglikol (DEG) va etilenglikol (EG) zaharli moddalari bo‘yicha chuqur tekshirilib, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan bu borada qat’iy nazorat o‘rnatilgan.
Yangiliklar lentasi
0