https://oz.sputniknews.uz/20230809/britaniya-gulnora-karimova-uchta-mulk-musodara-37709525.html
Britaniyada Gulnora Karimovaning uchta mulki musodara qilindi
Britaniyada Gulnora Karimovaning uchta mulki musodara qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Britaniya hukumati Gulnora Karimovaning 20 million funt sterlingdan ortiq mulkini musodara qildi. Gap ikkita xonadon va qasr haqida ketmoqda.
2023-08-09T15:18+0500
2023-08-09T15:18+0500
2023-08-09T15:54+0500
jamiyat
britaniya
o‘zbekiston
gulnora karimova ishi
gulnora karimova
ko‘chmas mulk
mol-mulk
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/591/49/5914935_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_dc84c057ae819ebdef5476e2d6d567d8.jpg
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Britaniyada Gulnora Karimovaning uchta mulki musodara qilindi. Bu haqda Yirik firibgarliklar bilan kurashish burosi (Serious Fraud Office, SFO) xabar berdi.Xabarda aytilishicha, Britaniya hukumati Gulnora Karimovaning 20 million funt sterlingdan ortiq mulkini musodara qildi. Gap ikkita xonadon va qasr haqida ketmoqda.Ikkala xonadon ham Londonning Belgraviya shahrida, saroy esa Surreyda joylashgan.Buro ma’lumotlariga ko‘ra, musodara qilingan ko‘chmas mulk O‘zbekistondagi korrupsion faoliyatdan tushgan mablag‘ evaziga sotib olingan.SFO qayd etishicha, Karimova 2004-2012 yillar davomida telekommunikatsiya kompaniyalaridan O‘zbekiston bozoriga kirishda yordam berish evaziga yuzlab million dollar pora olgan.Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Gulnora Karimova va uning boshchiligidagi uyushgan jinoiy guruh a’zolarining Shveysariyadan tashqari Fransiya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Latviya va Rossiya kabi davlatlarda ham aktivlari bo‘lgani ma’lum qilingandi.Shuningdek, Adliya vazirligi tomonidan Gulnora Karimova va u boshchiligidagi uyushgan jinoiy guruh a’zolaridan undirilishi lozim bo‘lgan jami aktivlari taqriban 686 million dollarga teng ekani aytilgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/591/49/5914935_150:0:1050:675_1920x0_80_0_0_bcb42862d1646e9f50f4b2e3fa112799.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
britaniya gulnora karimova mulk musodara
britaniya gulnora karimova mulk musodara
Britaniyada Gulnora Karimovaning uchta mulki musodara qilindi
15:18 09.08.2023 (yangilandi: 15:54 09.08.2023) Britaniya hukumati Gulnora Karimovaning 20 million funt sterlingdan ortiq mulkini musodara qildi. Gap ikkita xonadon va qasr haqida ketmoqda.
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Britaniyada Gulnora Karimovaning uchta mulki musodara qilindi. Bu haqda Yirik firibgarliklar bilan kurashish burosi (Serious Fraud Office, SFO)
xabar berdi. Xabarda aytilishicha, Britaniya hukumati Gulnora Karimovaning 20 million funt sterlingdan ortiq mulkini musodara qildi. Gap ikkita xonadon va qasr haqida ketmoqda.
Ikkala xonadon ham Londonning Belgraviya shahrida, saroy esa Surreyda joylashgan.
"Gulnora Karimovaning musodara qilingan mulkining qiymati 20 million funt sterlingdan oshadi", - deyiladi xabarda.
Buro ma’lumotlariga ko‘ra, musodara qilingan ko‘chmas mulk O‘zbekistondagi korrupsion faoliyatdan tushgan mablag‘ evaziga sotib olingan.
SFO qayd etishicha, Karimova 2004-2012 yillar davomida telekommunikatsiya kompaniyalaridan O‘zbekiston bozoriga kirishda yordam berish evaziga yuzlab million dollar pora olgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Gulnora Karimova va uning boshchiligidagi uyushgan jinoiy guruh a’zolarining Shveysariyadan tashqari Fransiya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Latviya va Rossiya kabi davlatlarda ham aktivlari bo‘lgani
ma’lum qilingandi.Shuningdek, Adliya vazirligi tomonidan Gulnora Karimova va u boshchiligidagi uyushgan jinoiy guruh a’zolaridan undirilishi lozim bo‘lgan jami aktivlari taqriban 686 million dollarga teng
ekani aytilgan.