Namangandagi dehqon bozorida yong‘in sodir bo‘ldi — video

FVV - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.08.2023
Obuna bo‘lish
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 250 kv.m maydonda do‘kon va savdo rastalarining ichki qismida bo‘lgan mahsulotlari yonib zararlangan.
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Namangandagi dehqon bozorida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar berdi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Aytilishicha, 5-avgust kuni soat 03:39 da Namangan viloyati Chortoq tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga “Namangan” MFY Mustaqillik shox ko‘chasida joylashgan “Chortoq” dehqon bozori hududida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga zudlik bilan 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 250 kv.m maydonda do‘kon va savdo rastalarining ichki qismida bo‘lgan mahsulotlari yonib zararlangan.
“Tezkor harakatlar natijasida yong‘inni kengayib ketishining oldi olinib, 4000 kv.m maydon saqlab qolingan”, deyiladi xabarda
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va xalok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxorodagi 2 qavatli savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘lgan edi. "Buxoro markaziy dehqon bozori" AJga qarashli 1 qavatli savdo pavilonidagi 8 ta savdo do‘konlari (jami 23 ta savdo do‘koni) ichida bo‘lgan tovar moddiy boyliklari va do‘kon jihozlari yonib zarar ko‘rgan.
Yangiliklar lentasi
0