https://oz.sputniknews.uz/20230804/ogir-atletika-ozbekiston-sportchilar-och-medal-37589052.html
Og‘ir atletika: o‘zbekistonlik sportchilar OChda navbatdagi medallarga ega chiqishdi
Og‘ir atletika: o‘zbekistonlik sportchilar OChda navbatdagi medallarga ega chiqishdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 3 ta kumush va 1 ta bronza medallariga egalik qilishdi.
2023-08-04T13:14+0500
2023-08-04T13:14+0500
2023-08-04T13:14+0500
sport
o‘zbekiston
hindiston
og‘ir atletika
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/04/37588565_18:85:671:452_1920x0_80_0_0_2be4fdc606a16ad5bf16edbe3abd711e.jpg
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchilar og‘ir atletika bo‘yicha o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida navbatdagi medallarga ega chiqishdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.Og‘ir atletika bo‘yicha Hindistonda o‘tayotgan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida og‘ir vazndagi sportchilarga ham navbat yetib keldi.Ortda qolgan kunda supaga chiqqan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 3 ta kumush va 1 ta bronza medallariga egalik qilishdi.Shohsupaga ko‘tarilgan sportchilar:Eslatib o‘tamiz, Osiyo chempionatining 1-avgust kuni o‘tkazilgan bahslarida -64 kg vazn toifasida kechgan bahslarda Madinabonu Jo‘rayeva va Asalxon Rajabova O‘zbekiston sharafini himoya qilishdi. Jo‘rayeva dast ko‘tarishda 85 kg, siltab ko‘tarishda 105 kg hamda ikkikurashda 190 kg bilan barcha dasturda 3-o‘rnini egalladi. Rajabova dast ko‘tarish mashqini 77 kg bilan yakunlab, ushbu dasturda bronza medalini qo‘lga kiritdi.Shuningdek, 31-iyul kuni o‘tkazilgan bahslarida sportchilar 2 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza medallarini jamg‘arishdi. Chempionatnning 30-iyuldagi bahslarida esa O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallariga ega chiqdi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/04/37588565_92:75:595:452_1920x0_80_0_0_9c5b70964c1be16b7ade416e0f0e760d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
og‘ir atletika sportchilar och medallar
og‘ir atletika sportchilar och medallar
Og‘ir atletika: o‘zbekistonlik sportchilar OChda navbatdagi medallarga ega chiqishdi
O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 3 ta kumush va 1 ta bronza medallariga egalik qilishdi.
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchilar og‘ir atletika bo‘yicha o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida navbatdagi medallarga ega chiqishdi, deya xabar berdi
Milliy olimpiya qo‘mitasi. Og‘ir atletika bo‘yicha Hindistonda o‘tayotgan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida og‘ir vazndagi sportchilarga ham navbat yetib keldi.
Ortda qolgan kunda supaga chiqqan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 3 ta kumush va 1 ta bronza medallariga egalik qilishdi.
Shohsupaga ko‘tarilgan sportchilar:
Kumush medal: -81 kg, yoshlar: Nigora Suvonova (3 ta)
Bronza medal: -102 kg, yoshlar: Mirjahon Yusupov (dast ko‘tarish)
Eslatib o‘tamiz, Osiyo chempionatining 1-avgust kuni o‘tkazilgan bahslarida -64 kg vazn toifasida kechgan bahslarda Madinabonu Jo‘rayeva va Asalxon Rajabova O‘zbekiston sharafini himoya qilishdi. Jo‘rayeva dast ko‘tarishda 85 kg, siltab ko‘tarishda 105 kg hamda ikkikurashda 190 kg bilan barcha dasturda 3-o‘rnini egalladi. Rajabova dast ko‘tarish mashqini 77 kg bilan yakunlab, ushbu dasturda bronza medalini
qo‘lga kiritdi.Shuningdek, 31-iyul kuni o‘tkazilgan bahslarida sportchilar 2 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza medallarini jamg‘arishdi. Chempionatnning 30-iyuldagi bahslarida esa O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallariga
ega chiqdi.