O‘zbekiston paxta hosildorligini oshirishda Hindiston texnologiyalaridan foydalanmoqchi

© Ministerstvo selskogo xozaystva respubliki UzbekistanO‘zbekiston paxta hosildorligini oshirishda Hindiston texnologiyalaridan foydalanmoqchi
O‘zbekiston paxta hosildorligini oshirishda Hindiston texnologiyalaridan foydalanmoqchi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.08.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston paxtachiligida 50 sentnerdan 70 sentnergacha hosil beradigan elita urug‘larni yaratishda Hindiston texnologiyalari qo‘llanilishi kutilmoqda.
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. O‘zbekiston Hindiston tajribasi asosida paxta hosildorligini oshirish bo‘yicha yangi tizimni joriy etmoqchi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.
Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Hindistonning "Nath Bio-Genes" kompaniyasi Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori doktor V. Kulkarni va Hindiston eksport qiluvchi tashkilotlar federatsiyasi raisi Nanda Kaglivalar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish, xususan, elita urug‘chilik va meva-sabzavotlarni qayta ishlash va ularni saqlash bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston paxtachiligida 50 sentnerdan 70 sentnergacha hosil beradigan elita urug‘larni yaratish, bunda Hindistonning ilg‘or texnologiyalaridan foydalanish hamda paxta hosildorligini oshirish bo‘yicha yangi tizimni joriy etish haqida fikr almashildi.

“Uchrashuvda sabzavotchilikni rivojlashtirish bo‘yicha Nath Bio-Genes kompaniyasining zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan urug‘ navlarini sentabr oyida O‘zbekistonga olib kelish va kompaniyaning ilmiy tadqiqot instituti Toshkent filialini ochish bo‘yicha hamkorlik qilish haqidagi fikrlar ham o‘rtaga tashlandi”, - deyiladi xabarda.

Uchrashuv davomida paxtachilik va sholichilik yo‘nalishlarida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, bu borada Hindistondagi yetakchi kompaniyalar tajribasini qo‘llash hamda yangi navlar urug‘larini shu yerda yaratish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.
Ma’lumot uchun, “Nath Bio-Genes” kompaniyasi qishloq xo‘jaligi ekinlarining elita urug‘larini yaratish, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash borasida katta tajribaga ega.
Yangiliklar lentasi
0