Og‘ir atletika: o‘zbekistonlik sportchilar Hindistondagi OChda 17 ta medalga ega chiqishdi

© Natsionalniy olimpiyskiy komitet UzbekistanaO‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar Hindistondagi Osiyo chempionatida sovrindorlar qatoridan joy olishdi
O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar Hindistondagi Osiyo chempionatida sovrindorlar qatoridan joy olishdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2023
Obuna bo‘lish
Sportchilar 31-iyul kuni o‘tkazilgan bahslarda 2 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza medallarini jamg‘arishdi.
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar Hindistonda o‘tayotgan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 17 ta medalga ega chiqishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Sportchilar 31-iyul kuni o‘tkazilgan bahslarda 2 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza medallarini jamg‘arishdi.
© Natsionalniy olimpiyskiy komitet UzbekistanaO‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar Hindistondagi Osiyo chempionatida sovrindorlar qatoridan joy olishdi
Uzbekskie sportsmeni zavoyevali 2 zolotie, 4 serebranie i 5 bronzovix medaley - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2023
O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar Hindistondagi Osiyo chempionatida sovrindorlar qatoridan joy olishdi
Oltin medal:
-67 kg: Nurillo Davlatboyev (o‘smirlar, siltab ko‘tarish)
-67 kg: Husinboy Matrasulov (yoshlar, dast ko‘tarish)
Kumush medal:
-67 kg: Nurillo Davlatboyev (o‘smirlar, dast ko‘tarish va ikki kurash)
-67 kg: Husinboy Matrasulov (yoshlar, siltab ko‘tarish va ikki kurash)
Bronza medal:
-61 kg: Azizbek Shomurodov (o‘smirlar, 3 ta yo‘nalishda)
-67 kg: Diyorbek Ro‘zmetov (yoshlar, siltab ko‘tarish va ikki kurash)
Chempionatnning 30-iyuldagi bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallariga ega chiqishgan edi.
-55 kg vazn toifasidagi o‘smir qizlar bahsida ishtirok etgan Ziyoda Xudoyqulova dast ko‘tarish mashqida 78 kg bilan oltin, siltab ko‘tarishda 88 kg hamda ikki kurash bo‘yicha 166 kg bilan bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, ushbu vazn toifasida yoshlar o‘rtasidagi musobaqada Nigora Abdullayeva dast ko‘tarishda 80 kg, siltab ko‘tarishda 101 kg va umumiy hisobda 181 kg natija ko‘rsatib, uchta kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Yangiliklar lentasi
0