https://oz.sputniknews.uz/20230728/yol-harakati-xavfsizligi-rahbari-hayfsan-yhxb-boshliqlari-37349978.html
Yo‘l harakati xavfsizligi rahbariga hayfsan berildi, uch viloyat YHXB boshliqlari ishdan olindi
Yo‘l harakati xavfsizligi rahbariga hayfsan berildi, uch viloyat YHXB boshliqlari ishdan olindi
Sputnik O‘zbekiston
Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati rahbari Olim Saidovga hayfsan berildi. Shuningdek, Jizzax, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari YHXB boshliqlari lavozimidan ozod qilindi.
2023-07-28T17:47+0500
2023-07-28T17:47+0500
2023-07-28T17:47+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (yhxbb)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1c/37349463_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_32cf971c5eb6806bbe46e8e4e2f567b2.jpg
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tayotgan Ichki ishlar vazirligining kengaytirilgan hay’at yig‘ilishida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlarni tanqid qildi.Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar ahvolidan xalq mutlaqo norozi.Masalan, o‘tgan olti oyning o‘zida 4 mingga yaqin avto-avariyalar sodir etilib, 873 nafar shaxs vafot etgan, 3,5 mingdan ortig‘i jarohat olgan.Shu munosabat bilan Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati rahbari Olim Saidovga hayfsan berildi. Shuningdek, Jizzax, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari YHXB boshliqlari lavozimidan ozod qilindi.
https://oz.sputniknews.uz/20230728/mirziyoev-iib-boshliqlari-prokurorlari-ishdan-boshatdi-37340893.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1c/37349463_72:0:1208:852_1920x0_80_0_0_f6dda889302817029233a963f6ac64c8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi xizmati rahbari olim saidovga hayfsan prezident shavkat mirziyoyev yig‘ilish
ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi xizmati rahbari olim saidovga hayfsan prezident shavkat mirziyoyev yig‘ilish
Yo‘l harakati xavfsizligi rahbariga hayfsan berildi, uch viloyat YHXB boshliqlari ishdan olindi
Prezident IIVning kengaytirilgan hay’at yig‘ilishida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlarni tanqid qildi.
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tayotgan Ichki ishlar vazirligining kengaytirilgan hay’at yig‘ilishida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlarni
tanqid qildi. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar ahvolidan xalq mutlaqo norozi.
Masalan, o‘tgan olti oyning o‘zida 4 mingga yaqin avto-avariyalar sodir etilib, 873 nafar shaxs vafot etgan, 3,5 mingdan ortig‘i jarohat olgan.
“E’tibor bering, 48 foiz avariyalarning sababi yo‘l infratuzilmasidagi kamchiliklar hisoblanadi. Vaziyatni yaxshilash bo‘yicha “O‘zavtoyo‘l” va hokimliklarning mas’uliyati umuman sezilmayapti. Ular faqat asfalt yotqizish bilan ovora, harakat xavfsizligi esa e’tibordan chetda qolib ketgan”, - dedi davlat rahbari.
Shu munosabat bilan Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati rahbari Olim Saidovga hayfsan berildi. Shuningdek, Jizzax, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari YHXB boshliqlari lavozimidan ozod qilindi.