https://oz.sputniknews.uz/20230728/mirziyoev-iib-boshliqlari-prokurorlari-ishdan-boshatdi-37340893.html
Mirziyoyev qator tuman IIB boshliqlari va prokurorlarini ishdan bo‘shatdi
Mirziyoyev qator tuman IIB boshliqlari va prokurorlarini ishdan bo‘shatdi
Sputnik O‘zbekiston
Jinoyatchilikka qarshi kurashishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan:- Sergeli, Yangihayot, Shayxontohur, G‘ijduvon, Kogon, Tuproqqal’a, Taxtako‘pir, Tomdi, Yakkabog‘, Oltinsoy, Zafarobod, Boyovut, Guliston, Mingbuloq, Oltinko‘l tumanlari ichki ishlar boshliqlari;- Andijon, Bandixon, Buvayda, Narpay, Yunusobod tumanlari prokurorlari egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
2023-07-28T15:53+0500
2023-07-28T15:53+0500
2023-07-28T16:53+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
farg‘ona
ichki ishlar organi
prokuror
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1c/37341053_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_4ae87e994a6556ba791b5ba4dc1141d7.jpg
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik.Farg‘ona shahrida Ichki ishlar vazirligining kengaytirilgan hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda, deb xabar berdi davlat rahbari matbuot kotibi.Yig‘ilishda jinoyatchilikni jilovlash va aholi bilan ishlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yganligi uchun bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B.Valiyev, ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Sh.Rahmonovga, mahallada profilaktika inspektorlari ishini lozim darajada tashkil qilmagani uchun, ichki ishlar vazirining ushbu sohaga mas’ul o‘rinbosari B.Abdullayevga hayfsan e’lon qilindi va uch oy sinov muddati tayinlandi. Prezident barcha viloyat prokurorlari va IIB boshliqlarining birinchi o‘rinbosarlari o‘ziga tegishli xulosa qilmasa, yil yakuni bilan barchasi lavozimidan ozod etilishini aytdi. Shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurashishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan:
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1c/37341053_364:2:1172:608_1920x0_80_0_0_ff01a9911261648fb15279109009acae.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mirziyoyev tuman iib boshliqlari prokurorlari ishdan bo‘shatdi lavozimidan ozod qilindi prezident
mirziyoyev tuman iib boshliqlari prokurorlari ishdan bo‘shatdi lavozimidan ozod qilindi prezident
Mirziyoyev qator tuman IIB boshliqlari va prokurorlarini ishdan bo‘shatdi
15:53 28.07.2023 (yangilandi: 16:53 28.07.2023) Jinoyatchilikka qarshi kurashishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan 15 ta tuman IIB boshliqlari va 5 ta tuman prokurorlari lavozimidan ayrildi.
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik.Farg‘ona shahrida Ichki ishlar vazirligining kengaytirilgan hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda, deb
xabar berdi davlat rahbari matbuot kotibi.
Yig‘ilishda jinoyatchilikni jilovlash va aholi bilan ishlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yganligi uchun bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B.Valiyev, ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Sh.Rahmonovga, mahallada profilaktika inspektorlari ishini lozim darajada tashkil qilmagani uchun, ichki ishlar vazirining ushbu sohaga mas’ul o‘rinbosari B.Abdullayevga hayfsan e’lon qilindi va uch oy sinov muddati tayinlandi.
Prezident barcha viloyat prokurorlari va IIB boshliqlarining birinchi o‘rinbosarlari o‘ziga tegishli xulosa qilmasa, yil yakuni bilan barchasi lavozimidan ozod etilishini aytdi.
Shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurashishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan:
Sergeli, Yangihayot, Shayxontohur, G‘ijduvon, Kogon, Tuproqqal’a, Taxtako‘pir, Tomdi, Yakkabog‘, Oltinsoy, Zafarobod, Boyovut, Guliston, Mingbuloq, Oltinko‘l tumanlari ichki ishlar boshliqlari;
Andijon, Bandixon, Buvayda, Narpay, Yunusobod tumanlari prokurorlari egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.