https://oz.sputniknews.uz/20230726/rossiya-don-bitimi-37217162.html
Rossiya don bitimisiz ham muhtoj mamlakatlarga bug‘doy yetkazib beradi
Rossiya don bitimisiz ham muhtoj mamlakatlarga bug‘doy yetkazib beradi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya don ittifoqi: Rossiya don bitimisiz ham muhtoj mamlakatlarga bug‘doy yetkazib bergan va yetkazib bermoqda.
2023-07-26T12:12+0500
2023-07-26T12:12+0500
2023-07-26T12:19+0500
dunyoda
dunyo yangiliklari
rossiya
don bitimi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/10/23360684_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_f064618a839d4290ec82b3c105367c26.jpg
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Rossiya don bitimisiz ham muhtoj mamlakatlarga bug‘doy yetkazib beradi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya don ittifoqi tahlil departamenti direktori Elena Turina so‘zlariga tayangan holda xabar berdi.Qayd etilishicha, Rossiya don bitimidan chiqqandan so‘ng muhtoj mamlakatlar uchun Ukraina bug‘doyining barcha hajmini o‘rnini bosishga qodir, bu yangi yo‘nalish emas, yetkazib berish allaqachon olib borilmoqda va o‘tgan yildan buyon o‘sib bormoqda.Uning eslatishicha, bug‘doy Rossiya uchun asosiy eksport mahsuloti hisoblanadi: uning Rossiyada yalpi don hosilidagi ulushi 68%, don va dukkakli ekinlar eksportida - 86%, jahon bozorida esa 22% ni tashkil etmoqda.Aytilishicha, o‘tgan mavsumda Rossiya Ukraina don yetkazib bergan mamlakatlarga katta hajmdagi mahsulotlar yetkazib berdi. Masalan, Rossiya Bangladeshga bug‘doy yetkazib berishni 5,8 baravar, Keniyaga 4,4 baravar, Yamanga 6,4 baravar, Tunisga 14 baravar, 408 ming tonnagacha ko‘paytirgan.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qora dengiz tashabbusi yoki "don bitimi" to‘xtatilgani ma’lum qilingandi.
https://oz.sputniknews.uz/20230720/putin-don-kelishuv-tiklash-shart-37005527.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/10/23360684_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_b02928c20f6351ce79fb3f876d98f376.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya don bitimi muhtoj mamlakatlar bug‘doy ukraina
rossiya don bitimi muhtoj mamlakatlar bug‘doy ukraina
Rossiya don bitimisiz ham muhtoj mamlakatlarga bug‘doy yetkazib beradi
12:12 26.07.2023 (yangilandi: 12:19 26.07.2023) Rossiya don ittifoqi: Rossiya don bitimisiz ham muhtoj mamlakatlarga bug‘doy yetkazib bergan va yetkazib bermoqda.
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Rossiya don bitimisiz ham muhtoj mamlakatlarga bug‘doy yetkazib beradi. Bu haqda
RIA Novosti Rossiya don ittifoqi tahlil departamenti direktori Elena Turina so‘zlariga tayangan holda xabar berdi.
Qayd etilishicha, Rossiya don bitimidan chiqqandan so‘ng muhtoj mamlakatlar uchun Ukraina bug‘doyining barcha hajmini o‘rnini bosishga qodir, bu yangi yo‘nalish emas, yetkazib berish allaqachon olib borilmoqda va o‘tgan yildan buyon o‘sib bormoqda.
“USDA 2023-2024 yillarda Ukrainaning bug‘doy eksport salohiyatini 37,5 foizga, 10,5 million tonnagacha kamaytirishni kutmoqda. Shunga ko‘ra, don bitimi tugagandan keyin jahon bozoriga chiqa olmaydigan bu 10 millionni biz bemalol o‘rnini bosamiz”, - deydi Turina.
Uning eslatishicha, bug‘doy Rossiya uchun asosiy eksport mahsuloti hisoblanadi: uning Rossiyada yalpi don hosilidagi ulushi 68%, don va dukkakli ekinlar eksportida - 86%, jahon bozorida esa 22% ni tashkil etmoqda.
“Shunga qaramay, eng kambag‘al mamlakatlarning ba’zilari Ukraina uchun maqsadli bozor bo‘lgan - masalan, Bangladesh, don bitimiga qadar yetkazib berish hajmi 800 ming tonnani tashkil etgan. Tunis - 600 ming tonna, Efiopiya - 500 ming tonna”, - deya qo‘shimcha qildi u.
Aytilishicha, o‘tgan mavsumda Rossiya Ukraina don yetkazib bergan mamlakatlarga katta hajmdagi mahsulotlar yetkazib berdi. Masalan, Rossiya Bangladeshga bug‘doy yetkazib berishni 5,8 baravar, Keniyaga 4,4 baravar, Yamanga 6,4 baravar, Tunisga 14 baravar, 408 ming tonnagacha ko‘paytirgan.
“Ya’ni, biz aslida eng qashshoq mamlakatlarga don yetkazib bermoqdamiz va bizning narxlarimiz (FOB) Yevropa taklif qilganidan past bo‘lishi muhim. Masalan, o‘tgan mavsumda chegirma bir tonna uchun 10-15 dollarni tashkil etdi”, - deydi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qora dengiz tashabbusi yoki "don bitimi" to‘xtatilgani
ma’lum qilingandi.